A seriya bahslari 2 maydan davom ettiriladi va 30 iyun kuni yakuniga etkaziladi

15 mar 2020, 08:18
Koronavirus tufayli to'xtatilgan Italiya A seriyasi bahslarining davom ettirilishi mumkin bo'lgan sanasi e'lon qilindi.

La Repubblica nashrining xabariga ko'ra, chempionat bahslari 2 may, shanba kunidan boshlab davom ettiriladi va barcha bellashuvlar muxlislarsiz o'tkaziladi. Mavsumning so'nggi tur uchrashuvi 30 iyun kuni bo'lib o'tadi va ushbu tur bellashuvlarida muxlislar o'z jamoalarini stadiondan turib qo'llab-quvvatlab turishlariga ruxsat beriladi.

Musobaqaning qoldirilgan tur o'yinlarini iyun oyida har uch kunda o'tkaziladi. 

Eslatib o'tamiz, Italiyada koronavirus infekciyasiga chalinganlar 17 ming kishidan oshib ketgan.

O'xshash yangiliklar


Manba: La Repubblica