A Seriya 31 may kuni boshlanib, 12 iyulda tugashi mumkin

Mirjalol Normatov
12 apr 2020, 13:26
A Seriyaning boshlanish va tugashi ehtimoliy sanalari ma'lum qilindi.

"La Gazzetta dello Sport" xabariga ko'ra, agarda chempionat rejalashtirilganidek 31 may kuni boshlansa, 12 iyul kuni yakuniga etadi. Hozirda liga rahbariyati YCHL va FIFA kunlarini hisobga olmayapti. UEFA ham o'z navbatida ichki chempionatlarning yakuniga yetishini istamoqda.

Oldinroq Italiyada karantin 3 mayga qadar cho'zilishi ma'lum qilingandi. Shu holatda 4 may kunidan e'tiboran klublar ham mashg'ulotlarni boshlashi mumkin bo'ladi.

27 aprel kuni esa barcha klublar futbolchilari va hodimlari tibbiy test topshirishi kutilmoqda.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: La Gazzetta dello Sport