40 yoshli Xoakin Sanches faoliyatini yana bir mavsumga davom ettirishini ma'lum qildi

Alisher
25 apr 2022, 16:13
"Betis" sardori Xoakin Sanches jamoa tarkibida yana bir mavsum harakat qiladi.

40 yoshli futbolchi bu haqda "Betis" Ispaniya Kubogini qo'lga kiritganidan so'ng ma'lum qildi.

"Menda bor rejalarni barbod qilamanmi yoki yo'q, bilmayman, agar shunday bo'lsa, juda ham afsusdaman. Ammo, faoliyatimni yana bir yilga davom ettiraman", - deydi Sanches.

"Betis" - Sanches faoliyatidagi asosiy klub. U jamoa tarkibida 447ta o'yinda maydonga tushib, 61ta gol va 44ta assist qayd etgan.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: sport24.ru