Manba: "Neftchi" yetakchisi jamoada qoladi

Sherzod Nurmatov
1 dek 2025, 16:53
Farg'onaliklar yarim himoyachisi Ikrom Aliboev jamoada qoladigan bo'ldi.

Bu haqda Championat.asia bosh muharriri Narzulla Saydullaev xabar berdi.

"Ikrom Aliboev "Neftchi"da qoladi. Klub va futbolchi og'zaki kelishuvga erishdi", – deyiladi xabarda.

31 yoshli xavbek joriy mavsum 32 o'yinda ishtirok etib, 4 ta gol urdi va 1 ta golli pas uzatdi. 


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Championat.asia