Erik Kantona Isroilni FIFA va UEFAdan chetlashtirishga chaqirmoqda

Sherzod Nurmatov
19 sen 2025, 14:41
"Manchester Yunayted" afsonasi Erik Kantona ochiqchasiga FIFA va UEFAni Isroilni xalqaro futbol o'yinlaridan chetlashtirishga chaqirib, vaziyatni Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishi ortidan qo'ygan taqiq bilan solishtirdi.

Siyosiy poziciyalari va ochiq mulohazalari bilan tanilgan Kantona Uemblidagi Ovo Arena'da Ovo Arenada Deymon AlbarnBastille va Pink Pantheress kabi musiqa yulduzlari, shuningdek, Benedikt Kamberbetch kabi aktyorlar ishtirok etgan "Falastin uchun birga" koncertida chiqish qildi.

"Rossiya Ukrainada urush boshlaganidan to'rt kun o'tib, FIFA va UEFA Rossiyaga taqiq qo'ydi. Amnesty International qirg'inbarot deb atagan voqeaga mana 716 kun bo'ldi. Shunga qaramay, Isroilga hali ham musobaqalarda ishtirok etishga ruxsat berilgan", – dedi MYU afsonasi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Dublin City FM