Eshitdik-da! Portugaliya terma jamoasi sobiq ustozi O'zbekiston MTJda ish boshlashi mumkin

Aslanov Jasurbek
20 avg 2025
JCH-2026da O'zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi vazifasini portugaliyalik mutaxassis bajarishi mumkin.

Championat.asia sayti ma'lumotiga ko'ra, gap Paulu Bentu haqida ketmoqda. Murabbiyning so'nggi ish joyi BAA terma jamoasi bo'lgan. Bentu BAA bilan JCH-2026 saralashida muvaffaqiyatsizlikka uchraganidan so'ng ishsiz qolgan edi.

Paulu Bentu faoliyati davomida "Sporting", "Kruzeyro", "Olimpiakos", "Chuncin Lifan" klubarida hamda Portugaliya, Janubiy Koreya va BAA terma jamoalarida ishlagan.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia