38 yoshli Ramos yangi jamoasida qaysi raqamda o'ynaydi?

Iskandarov Abdulaziz
7 fev 2025, 08:45
Serxio Ramos faoliyatini Meksikada davom ettirishi va maoshi haqida xabar berilgan edi.

"Monterrey" klubi rasmiy sahifalari Serxio Ramos bilan rasman shartnoma imzolanganini ma'lum qildi. Xabarda aytilishicha, futbolchi jamoada 93-raqamda o'ynaydi. 

Ramos "Sevilya" bilan shartnomasi yakunlangach iyul oyidan buyon jamoasiz yurgan edi. Andalusiyaliklar tarkibiga qo'shilguniga qadar ikki mavsum PSJ, undan avval 16 yil "Real" libosida to'p tepdi.

O'xshash yangiliklar


Iskandarov AbdulazizMuallif
Manba: "Чемпионат"