

O'z vaqtida Qatar chempionatida to'p tepgan Sanjar Shoahmedov ertangi bahsga o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
"Qatar bilan o'yinda faqat g'alabadan boshqa natijani o'ylamaslik kerak. Buyog'iga saralash bahslari tugashiga tobora oz vaqt qolmoqda. Eng muhimi barcha futbolchilar yaxshi sport formasida. O'z chempionatlari qizg'in pallaga kirgan. Hozirgi tarkib bo'yicha ham, har tomonlama Qatardan kam joyimiz yo'q, kuchlimiz. Ularning tarkibida bizdagi kabi kuchli legionerlari yo'q. To'g'ri, ular ham futbol o'ynaydi. Murabbiyi ispaniyalik. Paslar orqali o'yin tashkil qiladi. Ammo bizning jismoniy holatimizni ham o'zining yuqori nuqtasida. Qatarni yutsak bo'ladi",- deydi Sanjar Shoahmedov.



