

O'zbekiston terma jamoasi a'zosi "Paxtakor" bilan 1,5 yillik shartnoma imzoladi. Bu haqida saytimiz jurnalisti Narzulla Saydullaev xabar bermoqda. Abdulla Abdullaev uchun bu O'zbekistondagi uchinchi klub bo'ladi. 2018 yil "Bunyodkor" tarkibida Superligada debyut qilgan to'p tepar keyinchalik OKMKga o'tdi. U Superligada 119 ta o'yinda maydonga tushgan va raqiblar darvozasiga 3 ta gol urgan.



