O'zbekiston U-23 terma jamoasining Olimpiadada ishtirok etadigan tarkibi e'lon qilindi!

Sherzod Nurmatov
3 iyul 2024
Timur Kapadze boshchiligidagi murabbiylar shtabi 23 kishilik ro'yxatni ma'lum qildi.

Darvozabonlar - Abduvohid Ne'matov ("Nasaf"), Vladimir Nazarov ("Paxtakor"), Hamidillo Abdunabiev ("Olimpik");

Himoyachilar - Abduqodir Husanov ("Lans", Fransiya), Asadbek Rahimjonov ("Olimpik"), Muhammadqodir Hamraliev ("Paxtakor"), Husniddin Aliqulov ("Rizespor", Turkiya), Saidazamat Mirsaidov ("Olimpik"), Zafarmurod Abdiraxmatov ("Nasaf"), Ibrohimhalil Yo'ldoshev ("Qayrat", Qozog'iston), Alibek Davronov ("Nasaf");

Yarim himoyachilar - Abdurauf Bo'riev ("Olimpik"), Behruz Asqarov ("Paxtakor"), Jasur Jaloliddinov ("Neftchi"), Ibrohim Ibragimov ("Olimpik"), Umarali Rahmonaliev ("Rubin", Rossiya), Diyor Xolmatov ("Paxtakor");

Hujumchilar - Ruslan Jiyanov ("Navbahor"), Alisher Odilov ("Olimpik"), Oston O'runov ("Persepolis", Eron), Abbos Fayzullaev (SSKA, Rossiya), Eldor Shomurodov ("Roma", Italiya), Husayn Norchaev ("Neftchi").



Bosh murabbiy Timur Kapadze Olimpiadaga yoshi katta futbolchilardan Eldor Shomurodov, Oston O'runov, Husniddin Aliqulovni olib ketadigan bo'ldi.

Eslatib o'tamiz, Olimpiada uchun jamoalar 23 nafar futbolchini olib ketsa-da, faqatgina 18 nafari qaydnomaga kiritiladi. Zaxiradagi 4 futbolchi og'ir jarohat kuzatilsa, tarkibga jalb qilinadi.

O'zimizning karikatura. Olimpiada uchun tarkib tanlashda Timur Kapadzening boshi qotgan


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: ЎФА матбуот хизмати