Xitoy U-20 terma jamoasi o'zi mezbonlik qilgan xalqaro turnirda chempion bo'ldi, O'zbekiston esa...

Sherzod Nurmatov
10 iyun 2024, 18:38
Xitoy yoshlar terma jamoasi koreyalik tengdoshlariga qarshi bahs olib borishdi.

Mezbon xitoyliklar biroz oldin yakuniga etgan bahsda Lyu Channing 78 va 90-daqiqalarda urgan gollari evaziga Koreyani mag'lub etib, xalqaro o'rtoqlik turniri g'olibiga aylandilar. Chempionlik uchun ularga 7 ochko etarli bo'ldi. Bungacha Xitoy Vetnamni 1:0 hisobida mag'lub etgan bo'lsa, O'zbekiston bilan murosa ko'chasini tanlagandi (0:0).



O'zbekiston bugun Vetnamni 2:1 hisobida yutgan bo'lsa, oldingi turlarda Koreya bilan 1:1, Xitoy bilan 0:0 hisobida durang o'ynagandi. Shu tariqa Farhod Nishonov shogirdlari musobaqada 2-o'rinni band etishdi. 

Endi O'zbekiston yoshlar terma jamoasi 2 iyulda Qirg'iz Respublikasida o'tkaziladigan CAFA musobaqasida ishtirok etadi. 

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Championat.asia