Tuxel italyan grandini boshqarishi mumkin

Alisher
5 may 2024, 13:53
"Bavariya" bosh murabbiyi Tomas Tuxel Bundesligani A Seriyaga almashishi mummkin.

Jurnalist Rudi Galettining xabariga ko'ra, nemisning xizmatlariga "Milan" qiziqish bildirmoqda. "Rossoneri" Tomasning nomzodini Joau Konseysauning o'rniga ko'rib chiqmoqda. 

Agar portugaliyalik bilan muzokaralar muvaffaqiyatsizlikka uchrasa, italyan grandi Tuxelga taklif beradi.

Oldinroq, "Bavariya" ustozining joriy mavsum so'nggida klubdan ketishi ma'lum bo'lgandi.


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/RudyGaletti