"Neftchi" Rossiya klubi bilan durang o'ynadi, Jasur Jaloliddinov norasmiy debyut golini urdi

Iskandarov Abdulaziz
17 yanv 2024, 20:25
Turkiya yig'inlarida puxta hozirlik ko'rayotgan "Neftchi" futbol klubi rejadan o'rin olgan o'rtoqlik nazorat uchrashuvlarini davom ettirmoqda.

Farg'onaliklar bugun ikkinchi nazorat uchrashuvida maydonga tushdi.  Uchrashuvdagi birinchi gol ivuarlik Yao Jan Sharl tomonidan kiritilgan bo'lsa, javob to'pini jamoaning yangi a'zosi Jasur Jaloliddinov mohirlik bilan raqiblar darvozasiga yo'llab hisobni tenglashtirdi. Yakunda ikkala tomon uchrashuvni murosa bilan yakunlashga majbur bo'ldi.

"Neftchi" 1:1 "SKA Xabarovsk" 

Gol: Sharl 0:1 12, Jasur Jaloliddinov 1:1 20 

"Neftchi" birinchi bo'lim: 45.Akbar To'raev, 21.Muxsin Ubaydullaev, 20.Anvar G'ofurov, 5.Jaloliddin Jumaboev, 19.Mirzoxid G'ofurov, 70.Abbos G'ulomov, 17.Sanjar Qodirqulov, 10.Javoxir Qaxramonov, 7.Jasur Jaloliddinov, 11.Shoxruz Norxonov, 77.Bilolxon Toshmirzaev.

"Neftchi" ikkinchi bo'limda:  1.Sanjar Quvvatov, 66.Doniyor Valiev, 3.Boyan Ciger, 50.Shoxrux Yoqubjonov, 19.Mirzoxid G'ofurov, 70.Abbos G'ulomov, 23.Diyor Turopov, Muxammadali Holmatov, 75.Muxsin Bozorov, 77.Bilolxon Toshmirzaev, 40.Bexruz Oblakulov.



Iskandarov AbdulazizMuallif
Manba: "Нефтчи" матбуот хизмати