

Turkiya Futbol Federatsiyasi hakamlarni kaltaklash hodisasi tufayli mamlakatdagi barcha ligalardagi o'yinlarni boshqa muddatga qoldirdi. Bu haqda tashkilot rahbari Mehmet Byuyyukekshi ma'lum qildi. Uning so'zlarini "Hürriyet" nashri keltirmoqda.
"Turkiya Futbol Federatsiyasi shoshilinch yig'ilish o'tkazdi. Biz barcha ligalardagi o'yinlarni noma'lum muddatga qoldirdik. Bu hujum – turk futboli uchun sharmandali kechadir. Turkiya futboli bunga loyiq emas deb hisoblaymiz", – dedi Byuyyukekshi.
11 dekabr kuni "Ankaraguju" klubi prezidenti Faruk Koja Turkiya Superligasining 15-turidan o'rin olgan "Rizespor" bilan o'yin yakunlangach hakam Halil Umut Melerga hujum qildi.
Birinchi zarbadan keyin hakam maydonga yiqilib, yana bir necha zarbalarni qabul qilib oldi. (VIDEO) Hakam o'zi o'rnidan turishga muvaffaq bo'ldi. Chap ko'zining ostida ko'karish bor edi. Unga hakamlar xonasida tibbiy yordam ko'rsatildi.


Uchrashuv 1:1 hisobida yakunlandi. “Rizespor” qo'shib berilgan ettinchi daqiqada hisobni tenglashtira oldi. "Rizespor"ga durang olib kelgan golni huquqi Moskvaning SSKA klubiga tegishli Adolfo Gaych urdi.
"Ankaraguju" Turkiya chempionati turnir jadvalida 18 ochko bilan 11-o'rinda bormoqda. "Rizespor" 22 ochko bilan sakkizinchi o'rinda ketyapti.



