Joze Mourinyu yozda "Roma"ni tark etadi. Yangi bitim borasida muzokaralar o'tkazilmaydi

Aslanov Jasurbek
16 okt 2023, 21:15
Joze Mourinyu kelasi mavsum "Roma"da ishlamaydi.

Ma'lumotlarga ko'ra, portugaliyalik mutaxassis bilan yangi bitim imzolanmaydi.

"Bu sodir bo'lmaydi. Muzokaralar o'tkazilmayapti va bo'lmaydi ham. Ular yozda, joriy bitim yakunlanishi bilan ajralishadi.

Mourinyu erkin agentga aylanganidan so'ng Saudiya Arabistoni klublari yana u bilan muzokaralarga kirishishadi. Mutaxassisning rejalari qandayligini bilmaymiz" - deydi insayder Janluka Di Marcio.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Football Italia