"Navbahor" serbiyalik himoyachi bilan shartnoma imzoladi

Aslanov Jasurbek
31 iyul 2023, 22:05
"Navbahor" yozgi transfer oynasi yopilishi arafasida o'z safiga serbiyalik futbolchini qo'shib oldi.

PFL bergan ma'lumotga ko'ra, Namangan klubi Filip Stamenkovich bilan shartnoma imzolagan. Kelishuv 2024 yilning 30 noyabrida yakuniga etadi.

Oldinroq, saytimiz orqali "lochinlar" markaziy himoyachi bo'lgan Filip Ivanovichga qiziqish bildirayotgani haqida xabar bergan edik.

31 yoshli o'yinchi faoliyati davomida "Hayduk", "Zvezdara", "Bejaniya, "Indjiya", "Sabah" kabi klublarda o'ynagan. Uning so'nggi jamoasi "Radnichki" hisoblanadi.

Transfermarkt portali markaziy mudofaa vakilini 500 ming evroga baholagan.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia