"Real" tarkibini "Liverpul" hujumchisi bilan to'ldirmoqchi

Sherzod Nurmatov
11 apr 2023
"Liverpul" hujumchisi Roberto Firmino faoliyatini Ispaniyada davom ettirishi mumkin.

Gap "Real"ning qiziqishi haqida ketmoqda. Madrid klubi braziliyalikni faol kuzatib bormoqda. Futbolchining "qizillar" bilan shartnomasi joriy mavsum oxirigacha mo'ljallangan va tomonlar uni uzaytirishmaydi. "Qaymoqranglilar" Firminoni Karim Benzemaga o'rinbosar sifatida ko'rmoqda.

Roberto joriy mavsum APLning 22 ta o'yinida 9 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Mish-mishlarga ko'ra, Angliya klubi allaqachon yangi hujumchi izlamoqda.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: El Nacional