"Andijon"ning "qora anana"si davom etadimi?

Оқил Абдубарноев
3 sen 2022
"Andijon" klubi bugun O'zbekston kubogi 1/4 finalida AGMK to'sig'idan o'tishga harakat qilib ko'radi.

"Burgutlar" shu paytgacha 9 marta O'zbekiston kubogining chorak final bosqichiga qadar yetib borgan va biror marta kelgusi bosqichga o'tolmagan.

1992 yil andijonliklar "Navro'z" nomida musobaqaning 1/4 final bosqichida "Navbahor"ga (0:1, 1:3) yutqazgan. Oradan bir yil o'tgach, "Navro'z" yana namanganliklarga ro'baro' keldi va ikki o'yin natijasiga ko'ra yana imkoniyatni boy berdi (2:4, 1:0).

Jamoa "Andijon" nomi ostida 2000/01 yilgi mavsumning ushbu bosqichida vodiyning boshqa jamoasi - "Neftchi"ga mag'lub bo'ldi (1:3). Kelgusi yil esa "Qizilqum"ga yirik hisoblarda yutqazdi (1:4, 0:5).

2007 yil klub "Quruvchi"ga ro'baro' kelib, 0:3 va 0:1 hisoblarida imkoniyatni boy berdi. Oradan uch yil o'tgach, "Quruvchi"ning yangi nomdagi jamoasi - "Bunyodkor"ga ham (1:4, 1:3) yarim final chiptalari taqdim etildi.

2012 yil "Andijon" "Paxtakor" to'sig'idan o'ta olmadi (1:2, 0:2).

2016 yil esa "Nasaf" ikki o'yin natijasiga ko'ra (0:2, 1:2) kelgusi bosqich yo'llanmasini qo'lga kiritdi.

Vodiyliklarning ushbu bosqichdagi so'nggi ishtiroki 2018 yilga to'g'ri kelgan va "Bunyodkor"ga qarshi bahsda biroz omad yetishmagan - 1:2.

Ko'ramiz, "burgutlar"ning bu safargi parvozi qanchalik davom etarkan.


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: championat.asia