Rasman: Abdumannonov – "Metallurg" o'yinchisi

Sherzod Nurmatov
19 iyul 2022, 20:13
Bekobodning "Metallurg" klubi o'z tarkibini yana bir iqtidorli, yosh futbolchi bilan to'ldirdi.

"Birinchi davrani Toshkentning "Olimpik" jamoasi tarkibida o'tkazgan, O'zbekiston olimpiya terma jamoasi a'zosi Bektemir Abdumannonov "Metallurg" jamoasi bilan shartnoma imzoladi", – deyiladi bekobodliklar xabarida.

20 yoshli futbolchi birinchi davrada 6 ta o'yinda maydonga tushdi va 249 daqiqa mobaynida maydonda harakat qildi.

U futbolchilik faoliyatini "Paxtakor" jamoasi yoshlar tarkibida boshlagan. Yangi mavsumdan e'tiboran "Olimpik" tarkibida Superliga o'yinlarida debyut qilgandi. 

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: "Металлург" клуби матбуот хизмати