

O'zbekiston milliy tyerma jamoasi JCH-2022 saralash bosqichi uchinchi raundga o'ta olmagach, bosh murabbiy Vadim Abramov ishdan bo'shatildi. Shundan byeri tyerma jamoamiz ruli hozircha murabbiysiz qolyapti.
Katta ehtimol bilan navbatdagi murabbiy xorijlik bo'ladi, chunki O'FA asosan chet ellik mutaxassislar nomzodini o'rganib chiqyapti. Kecha tashkilot o'z vaqtida "Paxtakor"ni boshqargan Miodrag Radulovichga taklif yuborgani haqida ma'lumot byergandik.
Bugun esa Iroq tyerma jamoasi sobiq bosh murabbiyi Srechko Katanets bilan aloqaga chiqilgani haqida xabar topdik. Ma'lum bo'lishicha, Katanets o'ylab ko'rish uchun vaqt olgan.
Eslatib o'tamiz, Srechko Katanets Iroq tyermasi bilan JCH saralash uchinchi raundga yo'l olganiga qaramay, besh oydan byeri maosh olmagani bois o'z xohishiga ko'ra iste'foga chiqarildi.



