Jamshid Iskanderov MTJ yig'inida ishtirok eta olmasligi ma'lum bo'ldi

Narzulla Saydullayev
6 okt 2020, 19:23
Janubiy Koreya K-ligasining "Seongnam" klubi safida to'p surayotgan Jamshid Iskanderov MTJ yig'iniga kela olmaydigan bo'ldi.

Pandemiya paytida FIFAning tegishli reglamentiga muvofiq milliy terma jamoaga chaqiruv olgan futbolchi o'z klubiga qaytib kelgan paytda 5 kundan ortiq bo'lmagan karantinga olinishi mumkin. Aks holda klub o'z futbolchisini milliy terma jamoa ixtiyoriga qo'yib yubormaslik huquqiga ega hisoblanadi.

"Seongnam" klubi Jamshid Iskanderov Janubiy Koreyaga qaytganda 5 kundan ko'p muddatga izolyaciyaga olinishi, shuningdek, Janubiy Koreya chempionatining hal qiluvchi uchrashuvlarida jamoa tarkibi kuchsizlanib qolmasligi uchun futbolchini MTJning oktyabr oyidagi yig'iniga yubora olmasligini ma'lum qildi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: ufa.uz