

Pandemiya paytida FIFAning tegishli reglamentiga muvofiq milliy terma jamoaga chaqiruv olgan futbolchi o'z klubiga qaytib kelgan paytda 5 kundan ortiq bo'lmagan karantinga olinishi mumkin. Aks holda klub o'z futbolchisini milliy terma jamoa ixtiyoriga qo'yib yubormaslik huquqiga ega hisoblanadi.
"Seongnam" klubi Jamshid Iskanderov Janubiy Koreyaga qaytganda 5 kundan ko'p muddatga izolyaciyaga olinishi, shuningdek, Janubiy Koreya chempionatining hal qiluvchi uchrashuvlarida jamoa tarkibi kuchsizlanib qolmasligi uchun futbolchini MTJning oktyabr oyidagi yig'iniga yubora olmasligini ma'lum qildi.



