Osiyo Kubogi. Yaponiya ham chorak finalga chiqdi

Mirjalol Normatov
21 yanv 2019
Osiyo Kubogi 1/8 finali doirasidagi Yaponiya - Saudiya Arabistoni uchrashuvi yakunlandi.

Uchrashuvning muhim vaziyatlarini ushbu sahifa orqali kuzatib boring.

YANGILASH

Uchrashuvning 19-daqiqasida Takexiro Tomiyasu burchakdan oshirilgan to'pga boshi bilan zarba berib, hisobni ochdi, 1:0.

35-daqiqada Xatan Baxbrining chiroyli zarbasi darvozaning yonidan o'tib ketdi.

Birinchi bo'lim ushbu hisobda yakunlandi.

60-daqiqada Mutoning zarbasi himoyachiga tekkan holda maydonni tark etdi.

69-daqiqada Yahyo al-Shehrining zarbasi biroz noaniq ketdi.

YAPONIYA - SAUDIYA ARABISTONI 1:0
Bosh hakam:
Ravshan Ermatov
21 yanvar, 16:00. Sharja, "Sharja" stadioni.

Gol: Takexiro Tomiyasu (19, 1:0).

Yaponiya - 12.Shuichi Gonda, 5.Yuto Nagatomo, 6.Vataru Endo, 7.Gaku Shibasaki, 8.Gengi Xaraguchi, 9.Takumi Minamino, 13.Yoshinori Muto (11. Koya Kitagava, 90+2), 16.Takexiro Tomiyasu, 19.Xiroki Sakai, 21.Ritsu Doan (18. Tsukasa Shiotani, 89), 22.Maya Yoshida.

Saudiya Arabistoni - 21. Muhammad Al Ovays, 2. Muhammad Al Burayk, 4. Ali Al Bulayxi, 10. Salim al-Davsari, 11. Xatan Baxbri (18. Abdulrahmon G'arib, 88), 13. Yossir al-Shahroni, 14. Abdulloh Otayf (9. Abdulloh al-Sayari, 78), 16. Xussain Almoqaxvi, 19. Faxad Al Muvallad, 20. Abdulaziz al-Bishi (8. Yahyo al-Shehri, 56), 23. Muhammad Al Fatil.

Ogohlantirish: Yoshinuri Muto (39).


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: championat.asia