"Olmaliq” murabbiylari keyingi turda uchta futbolchi xizmatlaridan foydalana olishmaydi. Sababi Igor Petkovich va Georgi Kvesieshvili mavsumdagi to'rtinchi sariq kartochkalarini ishlab olishgan bo'lsa, Sanjar Shoahmedov “Buxoro”ga qarshi o'yinda qizil kartochka oldi. Bu o'yinchilar 22-turdan o'rin olgan “Bunyodkor”ga qarshi o'yinda maydonga tusha olishmaydi.
“Buxoro” ham “Olmaliq”qa qarshi o'yinda uch nafar futbolchisidan “ayrildi”. Baxriddin Vahobov va Devid Oniya to'rtinchi bor sariq kartochka ishlab olishdi, Alisher Mahmudov esa o'yin oxirida qizil kartochka bilan “siylandi”. Engdi uchala o'yinchi ham 18 oktyabr kuni bo'lib o'tadigan “Buxoro” – “Guliston” uchrashuvini faqat tomosha qilishadi xolos.
Keyingi turni o'z maydonida “Qizilqum”ga qarshi o'tkazadigan “Navbahor” ikkita futbolchisini maydonga tushira olmaydi. Sababi Azimjon Ahmedov hamda Rustam A'zamov “Guliston”ga qarshi kechgan o'yinda ogohlantirish olishdi. Ularning sariqlari soni to'rttaga etdi.
“Neftchi” hujumchisi Nosir Otaqo'ziev “Nasaf”ga qarshi o'yinda zaxiradan maydonga tushib ketma-ket ikki bor sariq kartochka olib maydonni tark etdi. Tajribali hujumchi keyingi turdan o'rin olgan “So'g'diyona”ga qarshi Farg'onadagi bahsni o'tkazib yuborishga majbur bo'ladi.
Narzulla Saydullaev