Superliga. "Metallurg" mavsumni g'alaba bilan yakunladi

Narzulla Saydullayev
30 noya 2018
Superliganing 32-turidan o'rin olgan "Metallurg" - "Buxoro" uchrashuvi bo'lib o'tdi.

Ushbu sahifada o'yinning natijasini kuzatib borish mumkin. 


YANGILASH


O'yin boshlandi. 8-daqiqada Bahodir Pardaevning zarbasi, darvozabon to'pni qaytarishga erishdi. 12-daqiqada mehmonlarning birinchi hujumi va Aziz Ibragimovning bosh bilan bergan zarbasi kuchli chiqmadi. 22-daqiqada Zafar To'raevning olisdan bergan zarbasi noaniq bo'ldi. 36-daqiqada Zafar To'raev chamasi 16 metrlardan darvozani nishonga ololmadi.

41-daqiqada Zafar To'raev hisobni ochdi - 1:0.  

47-daqiqada Sanat Shixovning xavfli zarbasini Ilyosov qaytardi. 74-daqiqada Shaxboz Erkinovning zarbasi darvoza ustunidan o'tib ketdi.


16:00 - “Metallurg” – “Buxoro” 1:0
Hakamlar:
Olim To'ychiboev, Shoxruh A'zamov, Ravshan Kapadze, Naim Qosimov
Nazoratchi: Baxtiyor Tog'aev
Komissar: Alisher Fayziev.

Gol: Zafar To'raev 41, - 1:0.

"Metallurg": Javohir Ilyosov, Abbos Otaxonov, Zabihillo O'rinboev, Islombek Isoqjonov, Davron Umirov, Sherzod Fayziev, Akbar Ismatullaev, Bahodir Pardaev (Muhammad Isaev, 61), Abror Xusinov, Zafar To'raev, Pavel Smolyachenko
Zaxira: Sardor Qobuljonov, Zoir Jo'raboev, Ibrohim Yo'ldoshev, Suhrob Nurulloev, Shahzod Shaymanov, Jasur Hasanov, Doniyor Hoshimov, Otabek Zokirov

"Buxoro": Akmal Tursunboev, Boburjon Omonov, Salamat Qutiboev, Shavkat Salomov (Anvar Jo'raev, 60), Sanat Shixov, Artyom Filiposyan, Rabbim Hasanov, Rahmatullo Berdimurodov, Mirjalol Jumaev, Javohir Qahramonov (Shahboz Erkinov, 46), Aziz Ibragimov
Zaxira: Asilbek Omonov, Rahmon Ochilov, Behruz Shodmonov, Akobir To'raev, Suhrob Ne'matov, Mirfayz Muhiddinov

Ogohlantirishlar: Zafar To'raev 7, Shavkat Salomov 26, Artem Filiposyan 28, Akbar Ismatullaev 28,



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia