Superliga. "Nasaf" "Buxoro" bilan durang o'ynadi, Eshmurodov maydondan chetlatildi

Sherzod Nurmatov
13 apr 2026
Superliga 7-turidan o'rin olgan uchrashuv davom etmoqda.

Superliga

7-tur

"Nasaf" – "Buxoro" 1:1 (LIVE)

Buxoro. “Buxoro” futbol akademiyasi maydoni. 18:00

Gol: Zafarmurod Abdiraxmatov 60’ – Timur Mamasidiqov (Nika Kacharava) 77’

Bosh hakam: Asker Najafaliev

Yordamchi hakamlar: Alisher Usmonov, Adhamjon Rixsiboev

Zaxira hakami: Nurbek Sheraliev

VAR: Akobirxo'ja Shukurullaev

AVAR: Sanjar Shoyusupov

Nazoratchi: Rustam Bobomurodov

Komissar: Feruz G'aniev

"Nasaf": 21.Samandar Muratbaev, 5.G'olib G'aybullaev, 6.Sardor Bahromov, 7.Adenis Shala, 8.Zafarmurod Abdiraxmatov (22.Diyor Abdunazarov, 84), 10.Bobir Abdixoliqov (80.Davronbek Usmonov, 90+7), 14.Sharof Muhitdinov, 15.Oybek Rustamov, 17.Murod Rahmatov (27.Yashnarbek Berdirahmonov, 90+7), 32.Quvonch Xushvaqtov, 92.Umar Eshmurodov.

Zaxira: 82.Asilbek No'monov, 4.Akramjon Komilov, 20.Yusuf Otubanjo, 23.Dilshod Murtazaev, 33.Bahodir Xalilov, 99.Kingsli Sokari.

“Buxoro”: 12.Umidjon Hamroev, 2.Velko Filipovich, 6.Ravshan Xayrullaev, 7.Xurshidbek Muxtorov, 10.Shahzodbek Ubaydullaev (88.Dominik Begich, 73), 11.Timur Mamasidiqov, 17.Javohir Ro'ziev (8.Anvarjon Jo'raev, 66), 25.Sherzod Esanov (9.Nika Kacharava, 66), 30.Boyan Mladovich, 78.Vladimir Rodich (22.Asadbek Jo'raboev, 73), 97.Shahboz Jo'rabekov.

Zaxira: 1.Shirinboy Abdullaev, 4.Nodir Ahmadjonov, 5.Sardor Qulmatov, 42.Kirill Todorov, 77.Asilbek Qayyumov.

Ogohlantirish: Anvarjon Jo'raev (90), G'olib G'aybullaev (90+7).

Chetlatish: Umar Eshmurodov (79).

MATNLI TRANSLYATSIYA

UCHRASHUV YAKUNLANDI!

90+7. “Nasaf”da 2 ta o'zgarish: Abdixoliqov o'rniga Usmonov, Rahmatov o'rniga Berdirahmonov tushirildi.

90+7. Hamroev erkin zarbani ijro etishiga xalaqit qilgan G'aybullaev ogohlantirildi. 🟨

90+6. Uuux! Rahmatovning zarbasiga sal aniqlik yetishmay qoldi. 💥

90+2. Zarba! Muhitdinovning jarima zarbasidan bergan zarbasiga Umid Hamroev ega chiqdi.

90. Ikkinchi taymga 8 daqiqa qo'shib berildi.

90. Shalaga nisbatan qo'pollik ishlatgan Jo'raev ogohlantirildi. 🟨

86. Muhitdinovning burchak zarbasidan yo'llagan to'g'ridan-to'g'ri zarbasini Hamroev qaytarishga erishdi.

84. “Nasaf”da o'zgarish: Abdiraxmatov o'z o'rnini Abdunazarovga bo'shatib berdi.

83. Zarbaaaa! Mamasidiqovning erlatib bergan zarbasini Muratbaev bartaraf etdi! 💥

81. Qarshiliklar sardori maydonni tark etgach, “Nasaf” futbolchilari hakam bilan uzoq vaqt suhbatlashdi.

79. Hakam bilan bahslashgan “Nasaf” sardori Umar Eshmurodovga qizil kartochka ko'rsatildi. 🟥

77. GOL! Kacharavaning pasidan so'ng Mamasidiqov yaqin masofadan yo'llagan zarbasi orqali hisobni tenglashtirdi - 1:1! ⚽️

73. “Buxoro”da 2 ta almashtirish: Rodich o'rniga Jo'raboev, Ubaydullaev o'rniga Begich maydonga tushdi.

73. Muratbaev havodan kelayotgan to'pni ushlab olayotganida Filipovich qarshiligiga uchradi va biroz jabrlandi.

69. Kacharava Shala bilan kurashda mug'ombirlik ishlatib yiqildi, hakam qarshiliklar foydasiga standart belgiladi.

66. Uuux! Mamasidiqovning xavfli zarbasini Muratbaev bartaraf etdi! Qoyilmaqom seyv!

66. “Buxoro”da 2 ta o'zgarish: Ro'ziev o'rniga Jo'raev, Esanov o'rniga Kacharava bahsni davom ettiradi.

62. Zarbaaa! Rodichning zarbasidan so'ng to'p to'singa tegib qaytdi. 💥

60. GOL! Abdiraxmatovning chamasi 18 metrdan bergan kuchli zarbasi darvoza ustuniga tegib darvozadan joy oldi - 1:0! ⚽️

59. Zarba! Shala katta tezlikda oldinga o'tib, o'ng oyoqda zarba yo'lladi, kuchsiz zarbadan keyin Hamroev to'pni qiyinchiliksiz egallab oldi.

56. Uuux! Kutilmaganda Ubaydullaev birga-bir holatga chiqib borayotgandi, biroq Muratbaev o'z vaqtida buni payqab, to'pni tepib yuborishga erishdi. Darvozabon hujumchi to'pni o'zidan uzoqlashtirib yuborganidan unumli foydalandi. 💥

54. Muxtorovning oldinga tepgan to'pi Abdiraxmatovning yuziga tegib ketdi. Unga tibbiyot vakillari tomonidan yordam berildi.

52. Bosh hakam raqib jarima maydonchasida yotgan G'aybullaevning holidan xabar oldi. Unga tibbiy yordam ko'rsatildi.

48. “Nasaf” paslar bilan ichkariga kirib borishga harakat qildi, yakunda Bahromovning pasidan keyin Hamroev to'pga ega chiqdi.

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi!

Birinchi bo'lim tugadi. Hozircha hisob ochilmadi. Tanaffus!

45+2. Uuuux! Abdiraxmatovning yaqin masofadan bergan zarbasiga sal aniqlik yetishmay qoldi. 💥

45. Birinchi bo'limga 2 daqiqa qo'shildi.

44. “Nasaf” tezkorlik bilan hujumga o'tdi, Abdixoliqov qulay nuqtada to'pni qabul qilib olayotganida Xayrullaev faollik ko'rsatib, to'pni maydon tashqarisiga tepib yubordi.

42. Zarbaaa! Yana bir zarba G'aybullaevdan, biroq bu gal ham aniqlik yetishmadi.

41. Zarbaa! G'aybullaevning olisdan yo'llagan zarbasidan keyin Hamroev to'pni egallab oldi.

35. Zarbaa! Rahmatovning chap oyoqda yo'llagan zarbasi xavfli chiqdi, ammo noaniq ketdi.

33. Shala yaqin masofadan zarba qabul qilib oldi va tibbiy yordamga muhtojlik sezdi.

31. Muhitdinovning jarima zarbasi orqali bergan pasidan keyin buxorolik himoyachilar to'pni uzoqlashtirdi.

28. Sherzod Esanov havodagi kurashdan so'ng maydonga biroz noqulay tushdi.

25. Rodichning yaxshi o'ylangan pasidan keyin Ro'ziev qulay nuqtaga chiqib borishi mumkin edi, ammo to'p maydon tashqarisiga chiqib ketdi.

23. Zarbaaa! Velko Filipovichning bosh bilan bergan zarbasiga sal aniqlik yetishmadi. 💥

17. Bahs teng kurashlarga boy tarzda o'tmoqda va jamoalar bir-birini o'rganish bilan band.

13. Ux! Ubaydullaev Esanovning pasidan so'ng to'pga ega chiqolmadi va himoyachilar qarshiligiga uchradi, aks holda xavfli vaziyat yuzaga kelardi.

10. Esanov Abdiraxmatovga nisbatan qoidani buzdi. Futbolchi o'rnidan turdi va unga tibbiy yordam zarur bo'lmadi.

8. Bugun “Nasaf” darvozasini ilk bor qo'riqlayotgan Muratbaevning uzun pasiga hech kim ega chiqmadi, bu raqibga haqiqiy sovg'a bo'ldi.

3. Zarbaaa! Muhitdinovning jarimadan yo'llagan zarbasi jonli devorga tegib qoldi, undan keyin Abdixoliqov zarba berib ko'rdi, Hamroevdn seyv!

1. O'yin boshlandi!

  • Uchrashuv 18:00 da boshlanadi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Championat.asia