Superliga. "Neftchi" Toshkentda amaldagi chempion bilan durang o'ynadi

Narzulla Saydullayev
11 avg 2018, 21:51
Superliganing 21-turidan o'rin olgan "Lokomotiv" - "Neftchi" uchrashuvi bo'lib o'tdi.

Ushbu sahifada o'yinning natijasini kuzatib borish mumkin.


YANGILASH

O'yin boshlandi. 4-daqiqada Sanjar Shorahmedov qanotdan to'pni jarima maydonchasi ichiga tashlab berdi Mirzaev boshi bilan to'pni sherigiga uzatdi, Temurxo'ja Abduholiqov yaqin masofadan gol urdi - 1:0. 

57-daqiqada Ignatiy Nesterov bosh bilan berilgan zarbani qaytardi.

73-daqiqada Sardor Rashidovning uzoq masofadan bergan zarbasini Abduljalilov ushlab oldi.

90-daqiqada Boburbek Yuldashev hisobni tenglashtirdi - 1:1.

O'yinda 1:1 hisobi qayd etildi. 



Superliga/21-tur
11 avgust, shanba

20:00. "Lokomotiv" - "Neftchi" 1:1  
Hakamlar: 
Asker Najafaliev, Artyom Kalinin, Shavkat Fayziev, Rustam Lutfullin.
Nazoratchi: Aleksandr Popov.
Komissar: Bahodir Mirzaev.

Gollar: Temurxo'ja Abduxoliqov 4, - 1:0 (Sardor Mirzaev). Boburbek Yuldashev 90, - 1:1.

"Lokomotiv": 1. Ignatiy Nesterov, 5. Kaxi Maxaradze, 10. Marat Bikmaev (19. Husniddin G'ofurov, 74), 11. Timurxo'ja Abduholiqov (27. Sardor Rashidov, 69), 15. Sardor Mirzaev, 20. Islom To'xtaxo'jaev, 21. Nikolay Pogrebnyak, 22. Sanjar Shoahmedov, 33. Oleg Zoteev, 55. Anzur Ismoilov, 88. Igor Yelich.
Zaxira: 12. Mamur Ikromov, 14. Azizbek Amonov, 23. Idris Bikmaykin, 28. Shuhrat Muhammadiev, 74. Alisher Shog'ulomov, 80. Farruh Ibragimov, 86. Bobur Ergashev.

"Neftchi": 1. Abdumavlon Abdujalilov, 3. Shukurali Po'latov, 5. Jalil Kimsanov, 14. Abrorbek Ismoilov, 34. Igor Taran (20. Husniddin G'ofurov, 46), 40. Boburbek Yuldashev, 44. Dostonbek Toshmatov (71. Hurshidbek Asqaraliev, 87), 45. Avazxon Mamatxo'jaev, 64. Mirjamol Ne'matov, 90. Islombek Karimov, 91. Sherzod Hakimov (23. Abdurahmon Abdulhaqov, 46).
Zaxira: 21. Farruh Turdaliev, 10. Anvar Berdiev, 15. Dilyorbek Irmatov, 19. Avazbek O'lmasaliev, 26. Ilhomjon Ibragimov, 65. Shodiyor Hojimatov.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia