2026 yilgi JCH va 2027 yilgi OK musobaqalari 1-qo'shma saralashiga qur'a tashlandi

Sherzod Nurmatov
27 iyul 2023, 11:24
2026 yilgi Jahon chempionati hamda 2027 yilgi Osiyo Kubogi musobaqalarining 1-qo'shma saralash bosqichiga qur'a tashlash jarayoni bo'lib o'tdi.

Marosim Kuala Lumpurdagi OFK qarorgohida o'tkazildi.

Afg'oniston – Mongoliya

Maldiv orollari – Bangladesh

Singapur – Guam

Yaman – Shri-Lanka

Myanma – Makao

Kamboja – Pokiston

Xitoy Taypey – Sharqiy Timor

Indoneziya – Bruney

Gonkong – Butan

Nepal – Laos

Jamoalar o'rtasidagi bahslar 12 va 17 oktyabr sanalariga belgilangan. 

Birinchi bosqichda g'olib bo'lgan jamoalar keyingi bosqichga yo'l olishadi. 

Eslatib o'tamiz, O'zbekiston milliy terma jamoasi Jahon chempionati va Osiyo kubogi saralashidagi ishtirokini 2-bosqichdan boshlaydi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: championat.asia