2025 yilgi klublar o'rtasidagi jahon chempionati g'olibi 100 million evroni qo'lga kiritadi

Оқил Абдубарноев
30 noya 2023, 20:07
Yangilangan formatda o'tkaziladigan klublar o'rtasidagi jahon chempionati Amerikada bo'lib o'tadi.

Turnirda dunyoning 32 ta klubi – Yevropadan o'n ikkita, Janubiy Amerikadan oltita, Osiyodan beshta, Afrikadan ikkita, Shimoliy va Markaziy Amerikadan oltita va Avstraliyadan bir klub ishtirok etadi.

Turnirning sovrin jamg'armasi 2 milliard evroni tashkil qiladi, shu jumladan, g'olib jamoa 100 millionga ega chiqadi. 

Turnirda ishtirok etadigan Yevropaning oltita klubi allaqachon malum bo'ldi, bular - "Chelsi", "Real Madrid", "Manchester Siti", "Inter", "Bavariya" va PSJ.

O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: Goal