2025-2026 yilgi mavsumdan APL mukofot pullari taqsimotini o'zgartiradi

Administrator
19 noya 2023, 23:59
G'olib klub so'nggi o'rinni egallagan jamoadan oldingi mavsumlardan ko'ra ko'proq nisbatda pul oladi.

APL 2025-2026 yilgi mavsumdan sovrin jamg'armasini biroz boshqacharoq taqsimlaydi. Yangi tizimga ko'ra, g'olib klub oxirgi o'rinni egallagan jamoadan yanada ko'proq pul oladi.

O'tgan mavsum "Manchester Siti" APL g'olibligi uchun 161,3 mln funt olgandi. Oxirgi o'rinni egallagan "Sautgempton" esa 100,3 mln evroga ega chiqqan.

Yangi qoidalar bo'yicha, g'olib va oxirgi o'rinni egallagan jamoalar oladigan mukofot puli hozirgidek "1.6 ga 1" nisbatda emas, "1.8 ga 1" nisbatga o'tadi. Mos ravishda yaqoriroq o'rinni egallagan boshqa jamoalar avvalgiga qaraganda ko'proq nisbatda pul olishadi.

The Telegraph nashri bergan ma'lumotga ko'ra, gap o'nlab millionlar haqida ketmoqda. Mukofot pullarining yangi taqsimoti liganing daromadlari oshishi va istemol narxlarining o'zgarishi sabab amalga oshirilmoqda.

O'xshash yangiliklar


AdministratorMuallif
Manba: The Telegraph