2017 yil "Barselona"ga o'tishga yaqin kelgan futbolchi mavsum yakunlanganidan keyin "Fulxem"ni tark etadi

22 mar 2019, 23:10
Ivuarlik yarim himoyachi Jan-Mikael Seri yozgi transerlar oynasi ochilgan vaqtda "Fulxem"nni tark etishi ma'lum bo'ldi.

Bu haqda The Guardian nashri jurnalisti Ed Aarons o'zining tvittyerdagi sahifasida xabar berdi. Manbaga ko'ra, futbolchi Fransiya chempionatiga yo'l oladi. 2017 yil Seri Kataloniyaning "Barselona" jamoasiga o'tishga yaqin kelgan, ammo so'nggi lahzada kelishuv amalga oshmagan.

27 yoshli Seri "Fulxem" klubi tarkibini 2018 yil yozda "Nicca" jamoasidan kelishi orqali to'ldirgandi. Transfer summasi 30 million evroni tashkil qilgan. Joriy mavsum APLning 29 uchrashuvida (26 o'yin asosiy tarkibda) maydonga tushgan Seri 1 ta gol va 2 ta assistni hisobiga yozdirib qo'ygan. Uning londonliklar bilan tuzgan shartnomasi 2022 yio yoz fasligacha amal qiladi. 

Hozirda "Fulxem" jamoasi 17 ochko bilan, APLning oxirgidan ikkinchi o'rinni hech kimga bermay kelmoqda. 

O'xshash yangiliklar


Manba: championat.asia