2004 yilda tug'ilgan o'smirlar o'rtasidagi O'zbekiston birinchiligi yakuniga etdi

Narzulla Saydullayev
16 noya 2017, 13:48
Nukus shahrida 2004 yilda tug'ilgan o'smirlar o'rtasidagi O'zbekiston birinchiligi o'yinlari yakuniga etdi.

Yarim final o'yinlarida g'alabaga erishgan Qoraqalpog'iston Respublikasi va Toshkent shahri jamoalari hal qiluvchi to'qnashuvda o'zaro maydonga tushishdi. O'yinda Toshkentliklar 2:0 hisobida zafar quchib, chempionlikni qo'lga kiritishdi.

Qoraqalpog'iston Respublikasiga kumush, Xorazm viloyati va Namangan viloyati jamoalariga bronza medali topshirildi.

Quyida uchrashuv natijalari bilan tanishishingiz mumkin.

Yarim final
Qoraqalpog'iston Respublikasi - Xorazm 2:0
Toshkent shahri - Namangan 8:0

Final
Qoraqalpog'iston Respublikasi - Toshkent shahri 0:2


Furqat Yusupov

Nukus shahridan maxsus

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia