Yevropa ligasi. Yarim final. "Marsel" "Zalcburg"ni mag'lub etdi

Mirjalol Normatov
27 apr 2018, 01:58
Ayni damda Yevropa ligasi yarim finali doirasida "Marsel" o'z maydonida "Zalcburg" bilan to'qnash keldi.

YANGILASH

Birinchi bo'limda bitta gol urildi.

15-daqiqada jarima zarbasidan keyin Toven to'pni darvozaga yo'lladi.

Ikkinchi bo'lim davom etmoqda.

Uchrashuv yakunlandi. Bahsda fransiyaliklar 2:0 hisobida g'alabaga erishishdi.

Marsel Fransiya – Red Bull Avstriya 2:0

Gol: 1:0 – 15 Toven, 2:0 – 63 Njie.

Marsel – Pele, Sarr, Rami, Amavi, Payet, Luis Gustavo, Okampos (Angissa, 52), Lopes (Njie, 60), Toven (Jermen, 80), Sanson, Mitroglu.

Red Bull –Valke, Ramalo, Ulmer, Layner, Chaleta-Car, Edara (Yabo, 81), Samasseku, Volf (Shlager, 68), Berisha, Xvan Xi Chxan (Gyulbrandsen, 60), Dabur.


O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: championat.asia