Manchester derbisini boshqaradigan hakam ma'lum

Mirjalol Normatov
3 apr 2018, 17:05
7 aprel kuni APLning 33-turi doirasida "Manchester Siti" o'z maydonida "Manchester Yunayted" bilan bahs olib boradi.

Ushbu bahsni bredfordlik hakam Martin Atkinson boshqarib boradi. U bu mavsumda "Manchester Siti"ning "Bernli" (1:1), "Chelsi" (1:0) jamoalari bilan uchrashuvlarida hakamlik qildi.

Shuningdek, "qizil iblislar"ning "Vest Xem" (4:0), "Liverpul" (0:0), "Bernli" (2:2), "Chelsi" (2:1) bilan o'yinlarini boshqardi.

Atkinson o'tgan mavsumda "Etixad"da bo'lgan Manchester derbisini ham boshqargandi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: twitter.com