1:7 hisobidan so'ng Braziliya va Germaniya 2018 yilning martida ilk o'zaro uchrashuv o'tkazadi

Aslanov Jasurbek
10 mar 2017, 21:12
JCH-2014 da qayd etilgan 1:7 hisobidagi bahsdan so'ng Braziliya hamda Germaniya terma jamoalari 2018 yilda uchrashadigan bo'lishdi.

Ma'lumotlarga ko'ra, o'yin 2018 yilning 27 mart kuni Berlindagi Olimpiya stadionida bo'lib o'tadi.

"Germaniyadek yuqori saviyali jamoaga qarshi bahs futbolchilarimiz va murabbiylar uchun muhim o'yin bo'ladi. Bu uchrashuv raqib maydonida o'tadi va jamoamiz uchun katta ahamiyatga ega" - deydi braziliyaliklar vakili Edu Gaspar.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: GloboEsporte