So’nggi yangiliklar

14:17"Барселона" "Челси" ҳимоячисини харид қилмоқчи  0 13:49Breaking! Хаби Алонсо "Реал" билан неча йиллик шартнома тузиши маълум  8 13:28Бу йил қайси клублар кучли учликда бўлади?  2 12:45Нега мураббийлар ёшларни кашф қилмайди?  1 12:13"Андижон" – мухлислар ташрифи бўйича етакчи!  12 11:45Тарихий рекорд: "Интер" "Барселона" билан ўйин чипталаридан 14,7 млн евро ишлаб олди  4 11:19"Барселона" "Интер" футболчисини сотиб олмоқчи  4 10:51Арсен Венгер “Арсенал“нинг финалга чиқа олмаганига фикр билдирди  1 10:20Дэвид Бекхэм Англия жамоасини ҳам сотиб олди  6 09:51Артетанинг “Арсенал“даги келажаги маълум  11 09:23“Рома“ бразилиялик ҳужумчига қизиқиш билдирмоқда  1 08:28УEФА “Интер“- “Барселона“ учрашувидаги ҳакамликка муносабат билдирди  38 08:05Европа лигаси. Маунт МЮ сафида илк дублини қайд этди, иккинчи голини эса майдон марказидан урди  0 07:59МЮни финалга олиб чиққан Аморим нималар деди?  2 07:30Суперлига. Бугун 9-тур бошланади. Андижонда “оловли“ ўйин кутмоқда  18

Bobur Akbarov va Luis Migel Kezada "Paxtakor"ga qarshi o'yindan so'ng nimalar dedi? Yangiliklar

Bobur Akbarov va Luis Migel Kezada "Paxtakor"ga qarshi o'yindan so'ng nimalar dedi?

Termizning "Surxon" jamoasi Superliganing 8-turida "Paxtakor" mehmoni bo'ldi.

0:2 hisobida ortda borayotgan Anxel Lopes shogirdlari yakunda ikkita gol urib muvozanatni tiklashga erishishdi, 2:2. Jamoaning o'yindagi birinchi golini zaxiradan maydonga tushgan Luis Migel Kezada urdi. Uchrashuvdan so'ng uning fikrlari bilan qiziqdik. 

"Qiyin o'yin o'tkazdik. "Paxtakor" O'zbekistonning eng yaxshi jamoalaridan biri hisoblanadi. Toshkentda ulardan ochko olish oson emas. Lekin biz buni uddaladik va bir ochko qo'lga kiritdik. Birinchi bo'limda koncentratciyani yo'qotmasligimiz kerak edi. Ikkinchi bo'limda oxirigacha kurashdik.

Raqib o'yinni yaxshi tashkil qiladi. Tarkibida vaziyatlarni hal qilib ketadigan futbolchilar bor. Jarohatdan tiklanish jarayoni ketmoqda. O'ylaymanki, bir haftalarda to'liq sport formamga kirib olaman",- deydi Luis Migel Kezada.

Jamoa sardori Bobur Akbarov ham o'yin borasidagi taassurotlari bilan o'rtoqlashdi. 

— Top jamoaga qarshi maydonga chiqdik. O'ylaymanki, murabbiyimizning ko'rsatmalarini to'g'ri bajardik. Jamoada ichki muhit zo'r. Qisqasi bir oilamiz. Buni maydonda ham ko'rsatyapmiz. Mag'lub bo'lgan uchrashuvlarimizda ham kichkina xatolar kuzatilyapti. Ustimizda ishlashda davom etamiz. Bu hali hammasi emas. "Surxon" yanada kuchayamiz. Turnir jadvalidagi vaziyatni o'nglashga kuchimiz va imkoniyatimiz etadi

Reyting: +11   

Fikrlar

championat.asia
Яндекс.Метрика