U Milanda qoladimi? "Inter" asosiy darvozabonining kelajagi yaqin haftalarda hal bo'ladi

Sherzod Nurmatov
9 fev 2026
Milanning "Inter" klubi rahbariyati jamoaning asosiy darvozaboni Yann Zommer bilan muzokaralarning hal qiluvchi bosqichiga tayyorgarlik ko'rmoqda.

Insayder Nikolo Skiraning so'zlariga ko'ra, tomonlar yaqin haftalarda uchrashib, 37 yoshli shveytsariyalik posbonning "Juzeppe Meacca"da qolishi yoki joriy mavsum yakunida klubni tark etishini aniqlab oladi. Tajribali darvozabonning amaldagi bitimi 2026 yilning iyunigacha amal qiladi.

Qayd etish joizki, shveytsariyalik posbon joriy mavsum barcha musobaqalarda 29 o'yin o'tkazib, ularning 15 tasida darvozasini daxlsiz saqlab qolgan.

37 yoshli Zommer 2023 yildan beri "qora-ko'klar" safida to'p tepib kelmoqda.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Yahoo Sports