Nazorat uchrashuvi. "Neftchi" Polsha klubiga mag'lub bo'ldi

Alisher
26 yanv 2024, 21:05
Farg'onaning "Neftchi" klubi Turkiyada yangi mavsumga tayyorgarlikni davom ettirmoqda.

"Neftchi"ning Turkiyadagi yangi mavsumga tayyorgarlik mashg'ulotlari va yig'inlarining birinchi bosqichi bugungi nazorat uchrashuvi bilan yakunlandi. "Neftchi" Polshaning "Lexiya" jamoasi bilan bo'lgan bahsda 0:1 hisobi qayd etildi.

Bugundan boshlab futbolchilarga to'rt kunlik tatil  beriladi. 31 yanvardan Antalyadagi yig'inlarning ikkinchi bosqichiga start beriladi. Bu bosqichda futbolchilar yana bir qator nazorat uchrashuvlari o'tkazishni rejalashtirishgan. Bu haqda yig'inlar oldidan tegishli ma'lumotlar beriladi. 


"Neftchi" 0:1 "Lexiya" (Gdansk)

Antaliya,  Turkiya

"Traning" stadioni

Gol: Tomas Bobchek 75 0:1.

"Neftchi": 12.Sanjar Quvvatov (Asror Kenjaev 46), 26.Jaloliddin Jumaboev(Boyan Ciger 46), 20.Anvar G'ofurov, 21.Muxsin Ubaydullaev, 70.Abbos G'ulomov, 19.Mirzohid G'ofurov, 24.G'ulomhaydar Gulyamov, 23.Diyor Turopov, 11.Javoxir Qaxramonov, 10.Shoxruz Norxonov( Sanjar Qodirqulov 46), 77.Bilolxon Toshmirzaev.


AlisherMuallif
Manba: "Нефтчи" матбуот хизмати