Umar Abdulrahmon nima uchun Sardor Rashidovga qo'ng'iroq qildi?
24 may 2017 11:31
Yangiliklar
Umar Abdulrahmon nima uchun Sardor Rashidovga qo'ng'iroq qildi?
Futbolchi "Futbol Ekspress" gazetasi muxbiri bilan suhbatda o'ziga qaysi klublar qiziqayotgani haqida intervyu berdi.
- Menda BAAdan ko'p takliflar bor. "Al Ayn", "Al Ahli", "Al Jazira", "Al Vahda", "Al Vasl" va "SHarja"... Ularning orasidan o'zim uchun eng yaxshi taklifni qabul qilmoqchiman. Bu katta ehtimol bilan "Al Jazira" bo'ladi. CHunki ular klublar o'rtasidagi Jahon chempionatida o'ynashadi. Bundan tashqari OCHLda ishtirok etishadi. "Al Ayn"da ham o'ynash ishtiyoqim bor. Ammo ular chempionatda 4-o'rinni egallab OCHLga chiqa olishmadi. Menimcha iyun oyida yakuniy qarorga kelaman, - deydi Rashidov.
- To'g'risi, Umar Abdulrahmonning o'zi meni jamoasida ko'rishni xohlagan. Ular o'tgan yili ham meni sotib olish istagida edilar, ammo jamoam rozi bo'lmagan. Bu safar ham yana bir bor Umar menga qo'ng'iroq qilib, birga to'p surish niyati borligini aytdi. Ammo menga "Al Jazira" varianti qiziqarliroq. Baribir ular nafaqat OCHL balki klublar o'rtasidagi Jahon chempionatida ham o'ynashadi. Bu o'zimni ko'rsatishim uchun ham plyus, - deydi o'zbekistonlik futbolchi.
Fikrlar