So’nggi yangiliklar

13:22Шенсни "Ювентус" билан шартномасини узайтиришдан бош тортди  0 12:58"Челси" вингерини маълум шартлар асосида қўйиб юборишга тайёр  0 12:31"Милан" "Штутгарт" етакчисига қизиқиш билдиряпти  0 12:05Ши Таэ Йонг: "Ўзбекистон ва Саудия учрашувини стадиондан томоша қиламан. Корея мусобақани эрта тарк этгани учун бироз хафаман"  2 11:40"Интер" эгалари ўзгариши мумкин  0 11:16"Бавария", ПСЖ ва АПЛ клублари Меньян ва Теога қизиқишмоқда  0 10:50“Ливерпуль” ва “Арсенал” 80 миллион евролик футболчи учун курашмоқда  0 10:30Жанубий Кореяни уйига жўнатган Индонезия ОТЖ ким бошқараётганини биласизми? (Мутолаа учун)   5 10:13«Манчестер Юнайтед» ходимлардан пул тежашни яна бир йўлини топди  2 09:46«Фейеноорд» устози «Ливерпул»нинг қизиқиши ҳақида фикр билдирди  0 09:19Хави «Барселона»да қолиши маълум бўлганидан сўнг нималар деди?  9 08:54«Кальяри» Шомуродовни олиб қолмоқчи. «Рома» эса терма жамоамиз сардорига нарх белгилади  11 08:30Анчелотти «Олтин тўп»га ким лойиқлиги ҳақида фикр билдирди  26 08:04Ўзбекистон кубоги. Бугун 2-тур якунланади ва 3-тур бошланади  3 07:38Футзал. Бугун Эронга қарши финал йўлланмаси учун баҳс олиб борамиз  7

Temurxo'ja Abduxoliqov: “Halol ishlaganimizda mevasini berar edi” Yangiliklar

Temurxo'ja Abduxoliqov: “Halol ishlaganimizda mevasini berar edi”

O'zbekiston milliy terma jamoasi 2018 yili Rossiyada bo'lib o'tadigan Jahon chempionatiga chiqa olmaganidan barchaning xabari bor.

Barchamiz orziqib kutgan mundial yana 4 yilga cho'zilganidan barcha futbol muxlislari afsusda. O'zbekiston milliy terma jamoasi va Qatarning “Al Sayliya” klubi futbolchisi Temurxo'ja Abduxoliqov bilan bog'lanib qiziqtirgan savollarimizga javob oldik.

-  Qatar chempionatida so'ngi uchrashuvni “Al Sadd” jamoasiga qarshi o'tkazdinglar va 2:3 hisobida imkoniyatni boy berdinglar. Suhbatimiz avvalida mana  shu uchrashuvga to'xtalib o'tsaniz.

-  Qatar chempionatiga bir necha kun oldin start berilganidan barchaning xabari bo'lsa kerak. Birinchi tur ham ikkinchi tur ham biz uchun o'ziga yarasha qiyin o'tdi. Birinchi turda “Al Arabi” jamoasini 3:1 hisobida mag'lubiyatga uchratdik. Omad ham biz tarafda bo'ldi. Ikkinchi turda esa “Al Sadd”ga 2:3 hisobida mag'lubiyatga uchradik. SHu kuni “Al Sadd” bizga qaraganda yaxshiroq o'yin ko'rsatdi.

-  Sanjar SHoahmedov jamoani tark etib Toshkentga qaytib keldi. Ayni damda o'zingizni yolg'iz his qilmayapsizmi?

-  Sanjar bilan bu erda yaxshi damlarni o'tkazdik. Sanjar bilan birga “Al Sayliya”da to'p tepgan paytlarimiz yaxshi edi. Hozir yomon holatdaman demoqchi emasman. Nima ham derdim, ko'nikishga to'g'ri keladi.


-  Ayni damda jamoaning ichki muhiti qay darajada?

-  Alo darajada. Hech qanday kamchilik yo'q.

-  Keyingi turni 28 kuni Al Marxiyaga qarshi o'tkazasizlar. Ushbu o'yinga qay darajada tayyorgarlik ko'ryapsizlar?

-  “Al Sadd”ga qarshi uchrashuvdan so'ng 1 kun dam oldik. Bugundan mashg'ulotlarni boshlab yubordik. Ushbu uchrashuvda g'alaba qozonish kerak. SHaxsan o'zim g'alaba qozonish haqida o'ylayapman.

-  Sanjar SHoahmedov jamoani tark etgandan so'ng klubni yana kimlar tark etdi?

-  Legioner futbolchilardan faqat Sanjar jamoani tark etdi. Mahalliy futbolchilardan 2-3 nafari klub bilan hayrlashishdi.

-  Yangi kelgan futbolchilar ham bormi?

-  Ha, albatta.

-  Misol uchun kimlar?

-  Evropa jamoalarida to'p tepgan futbolchi Nadir Belxaj “Al Sayliya”ga taklif qilindi.

-  Yaqinda O'FFda rahbarlar almashinuvi bo'ldi va futbolimizda isloxotlarni hakamlardan boshlashdi. Bunday isloxotlar futbolimiz kelajagi uchun qay darajada tasir o'tkazadi?

-  Qanaqa hosil berishi va qanaqa rivojlanishini vaqt ko'rsatadi. Eng asosiysi eng shimarib harakat qilishyapti. Halol mehnat qilishmoqda. Halollik bor joyda albatta rivojlanish bo'ladi.


-  Terma jamoaga yangi murabbiy kelishi arafasida. Sizning fikringizcha milliy terma jamoamizga qanday murabbiy kelgan maqul? Mahalliymi yoki xorijlik?

-  Bilmadim, bu endi federaciyani ishi. Kim bo'lsa ham saviyali va halol ishlaydigani kelsin.

-  Siz JCH saralash bosqichining ikkinchi davrasida terma jamoaga jalb qilindingiz. Samvel Babayan haqida qanday fikr bildirasiz?

-  Hech qachon biron-bir insonni orqasidan gapirish menga to'g'ri kelmaydi. Bundan tashqari meni fikrim birovga qiziq emas. Men aybni birovdan qidirmayapman. Barcha aybni o'zimdan qidiryapman.

-  Nima uchun aybni o'zingizdan qidiryapsiz?

-  Aybni barcha o'zidan qidirish kerak. Eng osoni birovdan ayb qidirish. Maydonga tushgan o'yinlarimda gol urish uchun menda imkoniyatlar bo'lgan. O'sha vaziyatilarda raqib darvozasiga gol urib jamoamni qiyin vaziyatdan olib chiqishim kerak edi deb hisoblayman. SHuning uchun ham ayb o'zimda deba o'ylayman.

-  To'g'ri, lekin siz oxirgi 2ta o'yinda maydonga tushmadingizku, demak bunda siz aybdor emassiz nazarimda.

-  Suriya va Eron terma jamoalariga qarshi uchrashuvda raqib darvozasini ishg'ol qilishim shart edi. So'ngi ikki uchrashuvda maydonga tushmadim.

-  Meni fikrimcha 10ta uchrashuvda gol ura olmagan Sergeevdan ko'ra sizni sinab ko'rganda balki yaxshiroq natija qayd etilarmidi?

-  Balki, aytyabmanku eng osoni aybni birovga to'nkab qo'yish. Men bu taraflarini umuman o'ylamayman.

-  Endi sizda yana JCHga chiqish uchun imkoniyat bor. Buning uchun 2022 yilda Qatarda bo'lib o'tadigan mundial yo'llanmasini qo'lga kiritish kerak.

-  Bo'lishi mumkin, barchasini vaqt ko'rsatadi va oxirgi imkoniyat bo'lishi ham mumkin. Lekin o'sha paytda meni MTJga chaqirishadimi, darajam o'sha paytda to'g'ri keladimi, barchasini vaqt ko'rsatadi. SHuning uchun hozir voqealar rivojidan oldinlab ketib bu haqida o'ylayotganim yo'q.


-  Biz qaerda xato qildik, mundialga nima uchun chiqa olmadik?

-  Bunga har qancha faktlar keltirish mumkin. Halol ishlamadik deb o'ylayman. Halol ishlaganimizda mevasi bo'lardi albatta. Omad ham keladi. 1ta fakt bor, men uchun halollik etishmadi.

-  O'sha halollik qaerda etishmadi?

-  Bilmayman, umumiy qilib aytyapman.

-  Babayanni avvalroq istefoga chiqarish kerakmidi?

-  Bilmayman, to'g'risi bu mavzudagi savollardan charchadim. Tushunaman juda ham qiyin, hayotni o'zi ko'rsatib qo'yadi kim halol kim esa g'irromligini.  

-  Biz qaerda halol ish qilmadik? Bunga fakt keltira olasizmi?

-  Fakt oddiy, menga ota-onam, oila azolarim halol bo'lgin, shunda ertami yokin indin rohatini ko'rasan deb tarbiya berishgan. Bu yil mundial yo'llanmasini qo'lga kirita olmadik. Demak biz halol ish qilmadik. Natijamiz yo'q, qaerdadir xato qilganmiz.

-  Demak natija bo'lmasa xalollik bo'lmaydi shundaymi?

-  Natija bo'lmasa 2ta faktor bo'ladi. Birinchisi xatolik ikkinchisi nohalollik.


Jahongir Sotvoldiev suhbatlashdi


Muallif :
Reyting: +73   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика