O'zbekiston Turkiyada Saudiya va Eron klublariga qarshi o'ynashi mumkin
18 iyu 2017 11:44
Yangiliklar
O'zbekiston Turkiyada Saudiya va Eron klublariga qarshi o'ynashi mumkin
Turkiyada bir haftalik yig'in olib borayotgan O'zbekiston milliy terma jamoasi u erda ikkita o'rtoqlik uchrashuvida maydonga tushishni rejalashtirgan.
Katta ehtimol bilan O'zbekistonnning raqiblari Saudiya Arabistoni va Eron klublari bo'ladi. Bu haqda O'FF rasmi sayti ham aytib o'tdi. Kecha manzilgan etib borgan terma jamoamiz azolari dastlabki mashg'ulotni o'tkazishdi. Bugundan yana mashg'ulotlar davom ettiriladi.
Xabaringiz bor, 31 avgust kuni safarda Xitoyga qarshi o'ynaymiz, keyin o'z maydonimizda Janubiy Koreyani qabul qilamiz. Mana shu o'yinlardan oldin Toshkentda birorta terma jamoaga qarshi o'rtoqlik uchrashuvi tashkil etish ko'zda tutilgan, lekin raqib nomi hali malum emas.
Fikrlar