So’nggi yangiliklar

07:24Ўзбекистон кубоги. 3-тур баҳслари давом эттирилади  0 07:05U-23 Осиё кубоги. Ироқ - Вьетнам 1:0  0 01:57Ла Лига. Арда Гюлер "Реал"га ғалаба тақдим қилди!  59 01:40Меҳди Тареми Италия чемпиони сафига қўшилади! (Фабрицио Романо)  2 01:24Арда Гюлер ажойиб натижа қайд этмоқда  0 01:12"Арне Слот – "Ливерпул"нинг янги бош мураббийи!" – Фабрицио Романо  10 00:55Жасур Жалолиддинов: "Бу жамоа билан анча олдин бошланган ўзаро ҳисоб-китобимиз бор эди"  10 00:45U-23 Осиё кубоги. Ироқ минимал ҳисобда Вьетнамни енгди ва ярим финалга йўл олди. Кейинги рақиб – Япония  21 00:40U-23 Осиё кубоги. Ўзбекистон - Саудия Арабистони 2:0  6 00:25Хосе Венансио Лопес Эронга қарши учрашувдан кейин қандай фикрлар билдирди?  8 23:46"Персеполис" Ўрунов гол урган ўйинда пенальтилар сериясида мағлубиятга учраб, Эрон кубогини тарк этди  5 23:20Саудия чемпионати. "Ал Ҳилол" - "Ал Фатех" 3:1   1 23:15Футзал бўйича Осиё Кубоги. Таиланд - Тожикистон 3:3 (пенальтилар 6:5)  0 23:10Футзал бўйича Осиё Кубоги. Вьетнам - Қирғиз Республикаси 2:3  1 22:58Ўзбекистон олимпия терма жамоаси бош мураббийи Тимур Кападзе Саудия Арабистони устидан қозонилган ғалабадан сўнг (2:0) нималар деди? (тўлиқ матбуот анжумани)  43

“Metallurg-W” birinchi marta chempionatda “Sevinch”ni taslim etdi Yangiliklar

“Metallurg-W” birinchi marta chempionatda “Sevinch”ni taslim etdi

Bugun Qarshi shahridagi “Geolog” sport majmuasida ayollar futboli bo'yicha XXIII O'zbekiston chempionatining markaziy uchrashuvi bo'lib o'tdi.

Unda amaldagi chempion, O'zbekiston Superkubogi sohiba – Qarshining “Sevinch” jamoasi so'nggi yillardagi asosiy raqibi Bekobodning “Metallurg” jamoasini qabul qildi. Mazkur uchrashuvgacha bekobodliklar O'zbekiston milliy chempionatlarida hali “Sevinch” ustidan g'alabaga erishmagandi. Bu gal esa, safarda – raqibning maydonida “Metallurg” tarixiy g'alabani qo'lga kiritdi va chempionatdagi peshqadamlik mavqeini mustahkamlab oldi.

Xabaringiz bor, mazkur jamoalar bu yilgi mavsum arafasida poytaxtimizdagi JAR stadionida O'zbekiston Superkubogi musobaqasida to'qnash kelishgandi. Garchi uchrashuvda bekobodliklar penaltidan hisobni ochishgan bo'lishsa-da, yakunda yirik hisobda imkoniyatni boy berib qo'ygandi. Birinchi bo'limda teng kurashgan, ikkinchi taym boshida hisobni tenglashtirish uchun juda qulay imkoniyatlarga ega bo'lgan “Metallurg-W” azolariga jismoniy tayyorgarligi pand bergandi. O'shanda jamoa bosh murabbiyi SHerali Boboqulov klubning 8 nafar asosiy o'yinchilari qita chempionatidan uzoq parvozdan etib kelishganligi, charchoq, Osiyo chempionatida kun ora maydonga tushib, to'rtta bahsda to'p surishganligi bois toliqish Superkubok natijasiga salbiy tasir ko'rsatganligini aytib o'tgandi.


Bu fikrlarning qanchalik to'g'riligi bugungi safar o'yinida qayd etilgan natijada o'z aksini topdi. “Sevinch”ning yosh, g'ayratli qizlari uchrashuvning ilk daqiqalaridan yuqori tepmni saqlagan holda, tashabbusni o'z qo'llariga olishga harakat qilishdi. Ammo “Metallurg-W” ustozlari hamda tarkibdagi tajribali o'yinchilarning yosh jamoadoshlariga berib borgan zarur ko'rsatmalari tufayli tez orada o'yin tenglashdi. Bekobodliklar qarshi hujumlarda mezbonlarni ter to'kishga majbur etishdi. O'yinning 23-daqiqasidayoq poytaxt viloyati vakillari hisobni ochishlari mumkin edi. “Metallurg-W” to'purari Lyudmila Karachik mezbonlar posboni bilan yakkama yakka chiqib, zarba berdi. Laylo Tilovova bugungi kunda mamlakatimizning birinchi raqamli darvozaboni ekanligini isbotladi va jamoasini muqarrar goldan saqlab qoldi. Oradan ko'p o'tmay Mahliyo Sarikova, Feruza Turdiboeva, Dildora Nozimovalarda qulay imkoniyatlar bo'ldi. Qanotlarni faol ishga solgan bekobodliklar bosimni yanada oshirishdi. Mezbonlar qiyinchilik bilan o'z darvozalari dahlsizligini saqlab turishdi. Birinchi taymda jamoalar 0:0 hisobida tanaffusga chiqib ketishdi.


Ikkinchi taym avvalida ham bekobodliklar tashabbusni qo'ldan boy berishmadi. Oqibatda yuqori bosim “Sevinch” sardori Kamola Risqievaga qimmatga tushdi va u ikkinchi marta ogohlantirilib, maydonni tark etdi. Son jihatidan ustunlikka ega bo'lgan “Metallurg-W”ning vazifani amalga oshirishi engillashdi. Kutilgan gol esa uchrpshuv tugashiga 10 daqiqa qolganda jarimadan kiritildi. Standart vaziyatdan amalga oshirilgan kombinaciyani Lyudmila Karachik gol bilan yakunladi – 0:1.
Bekobodliklar uchrashuv oxirigacha mazkur hisobni saqlab qolishdi va klub tarixida milliy chempionat o'yinlarida “Sevinch”ni birinchi marta, buning ustiga safarda mag'lubiyatga uchratib, chempionatda ishonch bilan karvonboshilikni davom ettirishmoqda.



“Sevinch” (Qarshi) – “Metallurg W” (Bekobod) – 0:1 (0:0). 27.04.2017. Qarshi shahri, “Geolog” stadioni.
Hakamlar:
Anna Sidorova (Toshkent), Kristina Sereda (Buxoro), Xusniddin Bahodirov (Toshkent), Zilola Rahmatova (Qarshi).
Nazoratchi: Oleg Dachev (Toshkent)
O'zAFA vakili: Elmira G'ulomova.
Gol: Lyudmila Karachik (80).
“Sevinch”: 1.Laylo Tilavova, Kamola Risqieva (s), 9.Maftuna SHoyimova, 10.Ilvina Ablyakimova, 11.SHahzoda Jamolova, 15.SHahnoza Qurbonova, 17.Tanzila Zarbieva, 20.Sevara Normurodova, 23.Maftuna Panjieva, 37.Malika Burxonova, 77.Nilufar Qudratova.
Zahira: 16.Maftuna Jonimqulova, 3.SHoira Qulto'raeva, 6.Feruza Boboxo'jaeva, 7.Oliya Ahmedova, 14.Gulzoda Amirova, 27.SHodiya Tosheva.
“Metallurg W”: 1.Gulandom Boymatova, 3.Zumrad Nazarova, 6.Iroda Turdalieva, 7.Mahfuza Turopova, 9.Mahliyo Sarikova (s), 10.Feruza Turdiboeva, 11.Dildora Nozimova, 17.Lyudmila Karachik, 21.Xolida Dadaboeva, 22.Mavluda Munavvarova, 77.Nozima Kamoltoeva.
Zahira:  30.Ziyoda Irisboeva, 4.Nasiba Hojieva, 18.Yulduz Nabieva, 20.Lutfiniso Hamidova, 23.Diyora Habibullaeva, 25.Diyora Erkinova.
Ogohlantirishlar: Kamola Risqieva (42), Ilvina Ablyakimova (49), Mavluda Munavvarova (86).
CHetlatish: Kamola Risqieva (52).

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика