Konte uchun qo'shimcha 250 mln £
25 iyu 2017 12:46
Yangiliklar
Konte uchun qo'shimcha 250 mln £
CHelsi klubi rahbariyati bosh murabbiy Antonio Konte uchun yana 250 mln £ ajratishga qaror qildi.
Klub yozgi transferlar oynasi vaqtida yana bir nechta futbolchini sotib olmoqchi va shu orqali tarkibni mukammal ko'rinishga olib kelishni niyat qilgan. Londonliklar Yuventus himoyachisi Aleks Sandro, Suonsi hujumchisi Fernando Lorente, Inter yarim himoyachisi Antonio Kandreva va Sautgempton himoyachisi Virjil Van Deykni xarid qilmoqchilar.
Eslatib o'tamiz, CHelsi bungacha himoyachi Antonio Ryudiger, yarim himoya vakili Tem Bakayoko va hujumchi Alvaro Morata bilan shartnoma imzolab ulgurdi.
Fikrlar