Joze Mourino "Vest Xem"dan cho'chimoqda
22 iyu 2017 20:44
Yangiliklar
Joze Mourino "Vest Xem"dan cho'chimoqda
"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Joze Mourino bugun "Vest Xem"ning transfer siyosati haqida gapirib o'tdi.
"Men hozirdanoq APL 1-turida "Vest Xem"ga qarshi o'tadigan o'yin haqida o'ylayapman. Ular Jo Xartni ijaraga olishdi, CHicharito va Arnautovichlarni olishdi. Ko'rinishidan, ular ham Angliya chempionligi uchun kurasha oladigandek ko'rinmoqda", - dedi Mourino.
Fikrlar