So’nggi yangiliklar

08:54«Кальяри» Шомуродовни олиб қолмоқчи. «Рома» эса терма жамоамиз сардорига нарх белгилади  5 08:30Анчелотти «Олтин тўп»га ким лойиқлиги ҳақида фикр билдирди  3 08:04Ўзбекистон кубоги. Бугун 2-тур якунланади ва 3-тур бошланади  1 07:38Футзал. Бугун Эронга қарши финал йўлланмаси учун баҳс олиб борамиз  4 07:15U-23 Осиё кубоги. Қатар - Япония 2:4  0 07:12Реванш олиш вақти келди. Бугун Ўзбекистон ОТЖ Саудия Арабистонига қарши майдонга тушади  26 07:10U-23 Осиё кубоги. Жанубий Корея - Индонезия 2:2 (пенальтилар 10:11)  3 07:05Серия А. "Удинезе" - "Рома" 1:2  0 07:00АПЛ. "Брайтон" - "Манчестер Сити" 0:4  0 04:48Интервью. Исломбек Исмоилов: "Мураббийнинг ҳаёти ўйиндан ўйингача"  1 01:56U-23 Осиё кубоги. Даҳшат! Индонезия Жанубий Кореяни енгиб, ярим финалга йўл олди. Жамоалар 12 тадан пенальти тепишди  50 00:28Швейцария Суперлигасида ўйин олдидан қорли стадионни мухлислар тозалашди  0 00:11U-23 Осиё кубоги. Ўзбекистон Саудия Арабистонига қарши ўйинолди машғулоти ўтказди  3 23:54АПЛда ўйнайдиган икки нафар футболчи зўравонликда гумонланиб, ҳибсга олинди  9 23:37Франция президенти Дрогба ва Азар билан бир жамоада футбол ўйнаб, пенальтидан гол урди  3

Hakamlikdan butunlay chetlatilgan Rustam Bobomurodov: "Vijdonim toza, o'sha vaziyatda yuz foiz penalti yo'q edi" Yangiliklar

Hakamlikdan butunlay chetlatilgan Rustam Bobomurodov: "Vijdonim toza, o'sha vaziyatda yuz foiz penalti yo'q edi"

Oliy liganing 21-turidan o'rin olgan "Buxoro" - "Dinamo" bahsi 0:0 hisobida yakun topdi.

O'yinni boshqarib borgan navoiylik hakam Rustam Bobomurodov bir vaziyatda "Dinamo" darvozasiga penalti bermagani uchun bu qarori ko'plab etirozlarga sabab bo'ldi. Natijada uchrashuv nazoratchisi Artyom Arutyunov unga 4,0 ball, yani ikki baho qo'ydi.

Bugun esa O'FF va PFL rasmiy saytida Rustam Bobomurodovning butunlay futboldan chetlatilgani haqida xabar chiqdi. SHundan so'ng biz hakam bilan bog'lanib o'yinda yuz bergan bahsli vaziyat va O'FFning qarori yuzasidan fikrlarini so'radik. 

- Rustam aka, bugun O'FF rasmiy saytida sizning hakamlikdan butunlay chetlatilganingiz haqida xabar chop etildi. Malumki, siz oliy liganing 21-turidan o'rin olgan "Buxoro" - "Dinamo" bahsini boshqarib, o'yindagi harakatingiz nazoratchi tomonidan 4,0 ballga loyiq ko'rildi. Bu esa ikki baho deganidir. Keling, avval o'sha o'yindagi bahsli vaziyatni yodga olsak. 

- Men uchrashuvni yaxshi boshqardim deb o'ylayman. Hech bir tomonga yon bosganim yo'q va o'yin payti nimani ko'rgan bo'lsam shunga qarab qaror chiqardim. Endi "Dinamo" darvozasi tomon penalti berilmagan vaziyatga kelsak, bu vaziyatda "Buxoro" futbolchisi to'pga bosh bilan zarba bergan paytda raqib o'yinchisi ham to'pni qaytarish uchun sakradi. Bilasiz, odam sakraganda qo'li ham beixtiyor yuqoriga ko'tariladi. Keyinchalik o'sha vaziyat fotosurati saytingizda chiqdi. Rasmga etibor bersangiz, "Dinamo" futbolchisi to'pga sakrayotganda to'pga qaramayotganini va ko'zlarini yumib olganini ko'rasiz. Demak, futbolchi shunchaki to'pni qaytaraman deb o'ylagan, unda to'pga o'ynayman degan fikr bo'lmagan. 

- Bu vaziyat o'yinning nechanchi daqiqasida ro'y berdi? 
- Adashmasam, 76-77-daqiqalarda. 

- Sizga bitta shu vaziyat uchun jiddiy etiroz bo'ldimi? CHunki buxorolik muxlislarning yozishicha, siz ikki bor "Dinamo" darvozasi tomon penalti qo'ymagan ekansiz.
- Bitta vaziyat birinchi taymda ro'y berdi, yani ikkala jamoa futbolchisi jarima maydonchasi ichida bir-biriga urilib yiqildi. Lekin bu umuman penaltiga tortmasdi. SHu bois asosiy etiroz ikkinchi taymdagi holat bo'yicha bo'ldi. Men o'yin odilona o'tsin, men ham yaxshi boshqaray deb nimani ko'rgan bo'lsam, shunga qarab qaror chiqardim. Agar har bir vaziyatga 11 metrlik jarima to'pi qo'yaversak, keyin yanayam boshqa gaplar chiqib ketadi. SHunday holat bo'ldiki, samarqandlik futbolchini ham raqib o'yinchisi ushlab qoldi, lekin unda ham penalti bermadim. Lekin bunga birov etibor qilgani yo'q. 

- O'yinni boshqarayotganda baribir ichki hissiyot bo'ladi: penalti bor yoki yo'q degan. 
- Men shu zahoti yuragimga quloq soldim va ichki hissiyot menga penalti yo'q dedi. CHunki penalti qo'yganimda ertasi kuni atayin penalti qo'yding degan gap tegardi. O'sha vaziyatni hozir ham eslayman: futbolchi to'pga ataylab qo'l bilan o'ynamadi, to'p bexosdan futbolchining qo'liga tegib ketdi va masofa juda yaqin bo'lgani uchun men 11 metrlik jarima to'pi belgilamadim. Agar to'p darvoza tomon borayotganda va o'yinchi uni qo'l bilan qaytarib qolsa bu boshqa gap edi. Lekin bu vaziyatda ko'zini yumib olgan futbolchi to'p qo'liga tekkanini hatto ko'rmadi ham. 

- O'yindan keyin siz shu vaziyatni nazoratchi Artyom Arutyunovga tushuntirganda u kishi nimadir dedimi? 
- Artyom Sergeevich futbolchi baribir qo'l bilan o'ynadi dedi. Men tushuntirishga harakat qildim, lekin u kishi eshitmadi va past baho qo'ydi. Etiroz esa o'sha vaziyat bo'yicha bo'ldi. 

- O'yinning borishidan "Buxoro" yutishi mumkinmidi? 
- U jamoa ham, bunisi ham yutib ketishi mumkin edi, chunki xavfli vaziyatlar ikkala tomonda ham bo'ldi. 

- Sizningcha, nazoratchi qo'ygan ball noto'g'rimi? 
- Endi men o'yinchilar oldida o'sha paytda nima bo'lganini ko'rdim. Lekin nazoratchi bizlarni baholaydigan kishi. Ammo baribir o'z fikrimda qolaman: qo'l to'pnimas, to'p qo'lni topdi.

- Bilamizki, oliy liga bahslarida hakamlarga ikki baho qo'yish hollari ro'y berib turadi. Va bungacha past baho olgan hakam to'rt yo beshta o'yinga chetlatib kelingan. Ammo sizni futboldan butunlay chetlatishdi. Bunga munosabatingiz? 
- To'g'risi, o'qib o'zim ham hayron qoldim. Meni yaxshi taniydiganlar biladi: doim ham penalti qo'yavermayman. Men har doim futbolchilarning "jang" qilishiga qo'yib berganman. CHunki hadeb hushtak chalaverish o'yin saviyasini tushirib yuboradi. Buxorodagi bahs shundog'am asabiy ruhda o'tdi, stadionga ko'plab muxlislar kelishdi. Lekin men bahsni adolatli boshqarib borishga harakat qildim. Bor gap shu. 

- Bu qaror sizga qanday tasir qildi? 
- Albatta, hozir tushkunlikka tushib o'tiribman. Lekin qo'limdan nimayam kelardi. Agar federaciyaga chaqirishsa borib tushuntirish berishga tayyorman. 

- Siz O'FF qarori yuzasidan apellyaciya berishingiz mumkinmi? 
- Mumkin, lekin kimga beraman? Dardimni kim eshitadi? Hamma bir bo'lib qaror chiqargan bir paytda kimga nima deya olaman? Men 17 yil hakamlik qilib biror marta ikki baho olmaganman. Bundan-da qiyin o'yinlarni boshqarganman. Agar oldin ham bir-ikki marta "ikki" olganimda odamlar aytsa bo'lardi, Rustamning o'zi bo'lgani shu - oldin ham shunaqa qilgan deb. Lekin men yana qaytarib aytaman: vijdonim toza va o'sha vaziyatda yuz foiz 11 metrlik jarima to'pi yo'q edi. 

Xayrulla Xoliqov suhbatlashdi.


Reyting: +65   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика