"El Klasiko"da barcha masala so'nggi daqiqada hal bo'ldi yoxud "Real Madrid" - "Barselona" 2:3
24 apr 2017 01:40
Yangiliklar
"El Klasiko"da barcha masala so'nggi daqiqada hal bo'ldi yoxud "Real Madrid" - "Barselona" 2:3
Ispaniya chempionati doirasidagi "Real Madrid" - "Barselona" uchrashuvi bo'lib o'tdi.
O'yinning 28-daqiqasida burchak to'pidan so'ng Serxio Ramos to'pni darvozaga yo'lladi, zarba darvoza ustuniga tegib qaytdi, qaytgan to'pni Kazemiro bo'sh darvozaga yo'llab hisobni ochdi - 1:0.
Oradan ko'p o'tmay Lionel Messi raqib jarima maydoni yonida ikki raqibni aldab Keylor Navas darvozasini ishg'ol qildi - 1:1.
73-daqiqada Toni Kroosni aldagan Ivan Rakitich chap oyog'ida darvozaning uzoq ustuni yoniga zarba berib gol urdi - 1:2. Uchrashuv tugashiga 5 daqiqa qolganida CHap qanotdan uzatilgan to'pni Xames Rodriges yaqin masofadan gol urib hisobni tenglashtirdi - 2:2.
Hakam tomonidan qo'shib berilgan so'nggi ikkinchi daqiqada Albaning pasidan so'ng Messi kuchli zarba bilan gol urdi va "Barselona"ga g'alaba keltirdi - 2:3.
"Real Madrid" - "Barselona" 2:3
MATNLI TRANSLYACIYA
23 aprel. Madrid. "Santyago Bernabeu" stadioni.
Bosh hakam - Alexandro Ernandes (Santa-Krus-de-Tenerife).
Gollar: 1:0 – 28 Kazemiro, 1:1 – 33 Messi, 1:2 – 73 Rakitich, 2:2 – 85 Xames, 2:3 – 90 Messi.
Real Madrid – Navas, Karvaxal, Nacho, Marselo, Ramos, Kroos, Modrich, Kazemiro (Kovachich, 70), Beyl (Asensio, 39), Benzema (Xames, 82), Ronaldu.
Barselona – ter Stegen, Pike, Umtiti, Alba, Serdji Roberto, Buskets, Rakitich, Inesta, Pako Alkaser (Andre Gomesh, 70), Suares, Messi.
Ogohlantirishlar: Kazemiro (12), Umtiti (39), Kovachich (81), Messi (90).
CHetlatish: Ramos (77).

Kazemironing golini tomosha qiling (TAS-IX Emas)


Messining golini tomosha qiling (TAS-IX Emas)
"El Klasiko"ning sobiq yulduzlari

Ivan Rakitichning golini tomosha qiling
Xamesning golini tomosha qiling
Messining "Barselona"ga g'alaba keltirgan golini tomosha qiling

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Элит ОЧЛ. "Насаф" ўз майдонида Ҳамробеков тўп тепаётган "Трактор"га ютқазди
МЛС. Мессининг супер ўйини "Интер Майами"ни ярим финалга олиб чиқди
Винисиус "Реал"дан йилига 30 млн. евро талаб қиляпти, аммо "Реал"...
Ла Лига. "Реал" "Эльче" билан ўйинда қоқилди, аммо биринчи ўринда қолди — "Барселона" билан орадаги фарқ 1 очко
Fikrlar