So’nggi yangiliklar

01:41А Серия. Аллақачон чемпионликка эришган "Интер" А Сериядаги иккинчи мағлубиятини қабул қилиб олди  5 01:23"Жирона" Чемпионлар лигасига чиқди! Жамоа тарихида илк бор еврокубокларда иштирок этади  1 01:00Саудия Арабистони чемпионати. "Ал Насср" ўз уйида йирик ғалабага эришди, Роналдудан хет-трик! Рақиб сафида Ал Бухорий ўйнади  6 00:51Роналду Саудия Арабистони лигасидаги сўнгги 5та ўйинда 3та хет-трик қайд этди  4 00:17"Улар жуда олдинлаб кетишган". Канчельскис Ўзбекистон ва Қозоғистон футболини таққослади  8 23:31"Реал" — Испания чемпионати ғолиби!  26 23:31Ла Лига. "Жирона" ўз уйида камбэк қайд этиб, "Барселона"ни мағлуб этди. Чемпион номи аниқ бўлди  84 23:27АПЛ. "Манчестер Сити" ўз уйида "Вулверхэмптон"ни йирик ҳисобда таслим этди, Холанддан покер!  10 23:12Александр Хомяков: "Бизга чап оёқ етишмади"  8 23:04Иван Бошкович: "Ўйин вақтидаги эмоциялар нормал ҳолат"  11 22:35Бундеслига. "Штутгарт" - "Бавария" 3:1   3 22:30Бундеслига. "Боруссия Д" - "Аугсбург" 5:1   0 22:29Анчелотти Гюлер ҳақидаги саволга кескин жавоб қайтарди  5 22:15ЛаЛига. "Реал Мадрид" - "Кадис" 3:0   0 21:58"Боруссия" футболчиси оғир вазн сабаб клубдан кетади?!  2

CHo'qqidan toyib ketgan 8 ingliz Yangiliklar

CHo'qqidan toyib ketgan 8 ingliz

Joriy mavsum Angliya Premer-ligasida "CHelsi" muddatidan oldin chempionlik masalasini hal qildi.

Ko'klarni bir necha oy davomida taqib qilib, chempionlarga hos harakat qilgan "Tottenxem" esa ikkinchi o'rin bilan chegaralandi.

Premer-ligada chempionlik uchun munosib o'yin ko'rsatib, biroq o'z maqsadiga etisha olmagan jamoalarni etiboringizga havola qilamiz.

8. "Lids Yunayted" - 2001/02


"Lids Yunayted" 2001/02 mavsumda o'z oldiga katta maqsadlarni qo'ygan edi, jamoaning minimal vazifasi Evropa CHempionlar ligasida o'ynash bo'lgan, ammo bu amalga oshmadi.

Ular Yangi yilgacha bo'lgan davr oralig'ida turnir jadvalida etakchilik qilishdi, ammo kutilmaganda natijalar keskin o'zgarib ketdi va jamoa mavsum oxirida 5-o'rin bilan kifoyalandi. O'sha jamoada Najel Martin, Jonatan Vudgeyt, Mark Viduka va Garri Kyuella kabi mashhur futbolchilar to'p tepardi.

Kelasi mavsum jamoa turnir jadvalida 15-o'rinni egallashdi, bir yil o'tib esa jamoa xatto bir pog'ona pastdagi ligaga tushib ketdi.


7. "Tottenxem" - 2016/17


Bu jamoa chempion bo'la olmaganining asosiy sababi - omadsiz start. Ular mavsumni yaxshi boshlay olishmadi va chempionlik uchun kurashga juda kech qo'shilishdi. 5 may kuni "Vest Xem"dan uchralgan mag'lubiyat, ular hali o'rganadigan narsalar borligini isbotlaydi.

Tartibli himoya, kuchli yarim himoya va hujum chizig'i tufayli jamoa fantastik o'yin ko'rsatdi. Ammo "CHelsi"ning professionallik darajasi "shporlar"dan baland ekanligi ko'rinib qoldi.


6. "Manchester Yunayted" - 1997/98


Gap chempionlik haqida ketganida xatto "Manchester Yunayted" kabi jamoalar tarixda muvaffaqiyatsizlikka uchraganini ko'rishimiz mumkin. 1998 yilda "Arsenal"dan qolib ketgan "qizil iblislar" yirik muvaffaqiyatsizlikka uchragan.

Mart oyida "to'pchilar"dan 11 ochko oldinda bo'lgan MYU hammasini yo'qqa chiqardi. To'g'ri, "Arsenal" ketma-ket raqiblarini mag'lub etib, o'z hisobiga ochkolar qo'shishda davom etdi, ammo "Yunayted"da katta ustunlik bor edi.

"Manchester Yunayted" keyingi uchta mavsumda chempionlikka erishdi, ammo o'sha mavsumdagi omadsizlik ularning yodidan uzoq vaqt chiqmagan bo'lsa kerak.


5. "Liverpul" - 1996/97


"Liverpul" 1996/97 mavsumni musobaqa etakchisi "Manchester Yunayted"dan 7 ochko kam ball bilan yakunladi. Qizillar ajoyib o'yinlar ko'rsatishayotgandi, biroq intizom, himoya va darvozadagi xatolar tufayli omadsizlikka uchrashdi.

Ushbu ro'yxatdagi ko'plab jamoalar kabi ular uzoq vaqt davomida APL etakchisi bo'lishdi, ammo yakun ular kutganidek bo'lmadi. Robbi Fouler mavsumdagi so'nggi to'rt uchrashuvda maydonga tushmadi va bu vaqt ichida jamoa ikkinchi o'rindan, to'rtinchi o'ringa tushib ketdi.


4. "Arsenal" - 1998/99


Bu mavsum uchta jamoa Premer-liga g'olibligi uchun kurash olib borayotgan edi. "Arsenal" va "Manchester Yunayted" o'rtasidagi kurashni "CHelsi" juda yaqindan kuzatgan.

Angliya chempionati yakunlanishiga ikki tur qolganida "to'pchilar" va "qizil iblislar"ning ochkolari teng (75) edi, xatto to'plar farqi ham bir xil (42+) bo'lgan. So'nggi turdan oldingi bahsda "Arsenal" "Lids Yunayted"ga mag'lub bo'ldi, MYU esa "Blekbern Rovers" bilan durang qayd etdi.

"Manchester Yunayted" so'nggi turda g'alabaga erishsa, chempionlik ularniki edi va shunday ham bo'ldi. "Arsenal" g'alaba qozongan bo'lsa ham chempionatni 78 ochko bilan ikkinchi o'rinda yakunladi.


3. "Liverpul" - 2008/09


2008/09 mavsumni yodga olsak, ikki nomni eslaymiz: Stiven Jerrard va Fernando Torres. Ushbu juftlik Angliyada har qanday himoyani yorib o'ta olar edi. Rafael Benites boshqargan jamoa tarkibida quyidagi yulduzlar bor edi: Darvozabon Pepe Reyna, dunyo darajasidagi yarim himoyachilar Xabi Alonso va Xaver Maskerano, raqib hujumlarini yo'qqa chiqaruvchi Jeymi Karrager va Dirk Kyuyt.

O'sha mavsum "Liverpul" to'rt yilda ilk marotaba "Manchester Yunayted"ni mag'lub etdi, "Manchester Siti" ustidan irodali g'alabaga erishdi va Rojdestvoda turnir jadvalida etakchiga aylandi.

Ammo yanvar va fevraldagi duranglar ularga halaqit qildi. Mavsum oxirida ular yaxshi harakat qilishdi, ammo oldinroq qabul qilingan zarba "Liverpul"ning ikkinchi bo'lishini taminladi.


2. "Liverpul" - 2013/14


2013/14 mavsumda "Liverpul" liganing 26 ta uchrashuvida g'alabaga erishdi, jamoa 100 tadan ortiq gol urdi, Luis Suares va Deniel Starrij juftligi 52 ta gol urib, 19 ta golli pas berdi.

Ular har qanday himoyani yorib o'tishi mumkin bo'lgan, hujumdagi "ajdarho" edilar. Mavsumning hal qiluvchi pallasida "qizillar" chempionlikka umid qilishayotgandi. Ammo keyin voqealar ularga qarshi ishladi.

Stiven Jerrardning o'sha mashhur sirpanib ketishi va Demba Ba bundan unumli foydalanishi "Liverpul"ga qimmatga tushdi.

To'plar farqi bo'yicha "Siti"ga imkoniyatni boy berayotgan "qizillar" "Kristal Pelas" darvozasiga iloji boricha ko'proq gol urishga urinishdi. Bahs 3:3 hisobida yakunlandi.

"Manchester Siti" ikki ochko farqi bilan sovringa ega chiqdi.


1. "Nyukasl Yunayted" - 1995/96


1995/96 mavsumda "Nyukasl Yunayted" qanday chempion bo'la olmagani haqidagi savol hozirgacha muxlislarni qiziqtirib keladi.

1995 yilgi Rojdestvoda "xakkalar" eng yaqin taqibchisidan 10 ochkoga o'zib ketib, turnir jadvalini boshqarayotgan edi. Bir necha hafta o'tib Piter Berdsli, Les Ferdinand va David Jinola bor jamoa farqni 12 ochkoga oshirdi.

Ammo hammasi ostin-ustun bo'lib ketdi. Sakkiz uchrashuvda 5 ta mag'lubiyat "Manchester Yunayted"ga "Nyukasl"dan o'tib ketishga imkon berdi.

"Nyukasl" turnirni ikkinchi o'rinda yakunlandi.

Reyting: +11   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика