So’nggi yangiliklar

01:41А Серия. Аллақачон чемпионликка эришган "Интер" А Сериядаги иккинчи мағлубиятини қабул қилиб олди  5 01:23"Жирона" Чемпионлар лигасига чиқди! Жамоа тарихида илк бор еврокубокларда иштирок этади  1 01:00Саудия Арабистони чемпионати. "Ал Насср" ўз уйида йирик ғалабага эришди, Роналдудан хет-трик! Рақиб сафида Ал Бухорий ўйнади  7 00:51Роналду Саудия Арабистони лигасидаги сўнгги 5та ўйинда 3та хет-трик қайд этди  6 00:17"Улар жуда олдинлаб кетишган". Канчельскис Ўзбекистон ва Қозоғистон футболини таққослади  10 23:31"Реал" — Испания чемпионати ғолиби!  28 23:31Ла Лига. "Жирона" ўз уйида камбэк қайд этиб, "Барселона"ни мағлуб этди. Чемпион номи аниқ бўлди  85 23:27АПЛ. "Манчестер Сити" ўз уйида "Вулверхэмптон"ни йирик ҳисобда таслим этди, Холанддан покер!  10 23:12Александр Хомяков: "Бизга чап оёқ етишмади"  9 23:04Иван Бошкович: "Ўйин вақтидаги эмоциялар нормал ҳолат"  11 22:35Бундеслига. "Штутгарт" - "Бавария" 3:1   3 22:30Бундеслига. "Боруссия Д" - "Аугсбург" 5:1   0 22:29Анчелотти Гюлер ҳақидаги саволга кескин жавоб қайтарди  5 22:15ЛаЛига. "Реал Мадрид" - "Кадис" 3:0   0 21:58"Боруссия" футболчиси оғир вазн сабаб клубдан кетади?!  2

CHempion "Yuventus" vs "qayta tirilayotgan" "Milan" Yangiliklar

CHempion "Yuventus" vs "qayta tirilayotgan" "Milan"

Yangi mavsumda Skudetto uchun kurashda "Yuventus"ga chindan jiddiy raqib paydo bo'ldimi? Bugun siz bilan yangi mavsum favoritlaridek ko'rinayotgan ikki jamoa tarkiblarini solishtirib ko'ramiz.

"Yuventus"ning ustun tarafi 

Birinchi navbatda tajribada va deyarli hamma ularning chempion bo'laverishiga o'rganib qolganida. "Keksa Sinora" so'ngi olti mavsumda muntazam chempion bo'lyapti, turinliklar A seriyada tengsiz degan nomni va g'oliblik ruhini qaytara olishdi. Uch yil ichida ikki bor CHempionlar Ligasi finalida maydonga tushishga muvaffaq bo'ldilar. Vanihoyat tarkib borasida ham "Yuve" hamon Italiyaning eng zo'ri. "Milan" yana qancha pul sarflasa o'z raqibiga nomlar borasida etib oladi. 100, 150 balki 200 million evro kerakdir?  

"Yuventus"ning og'riqli nuqtasi 

Aytishlaricha, g'alabani qo'lga kiritishdan, uni himoya qilish, qo'lda saqlab qolish qiyinroq bo'larkan. CHempionlikni ettinchi bor himoya qilish zarur bo'lsachi? Etarlicha ishtiyoq bo'ladimi futbolchilarda? Ichki chempionatda chempionlikdan biroz "to'yib qolgan" jamoa asosiy etiborini CHempionlar Ligasidagi g'alabaga qaratsa, bu "qayta tirilayotgan" "Milan"ga yaxshi vaziyat yaratib berar?

"Milan"ning ustun tarafi 

Mana nechchi yildirki muntazam chempion bo'lib kelayotgan jamoa raqibiga biror jabhada ustunlik berish ahmoqlik dersiz, ammo... Mana misol uchun "Yuventus"ni bilamiz, jamoa o'yini, kuchli taraflari hech kimga sir emas. Bonuchchi va Dani Alves ketgani bilan jamoa o'yini tubdan o'zgarib ketmaydi. Biroq hozirgi "Milan" - Italiya futboli uchun yangi loyiha va biz bu yigitlar qachon va qanchalik yorqin nur sochishlari mumkinligini oldindan ayta olmaymiz. 

"Milan"ning kuchsiz tarafi 

"Rossoneri" hali davom etayotgan transfer oynasining o'zidayoq ko'plab yangi futbolchilarni xarid qildilar. Ularning aksari asosiy tarkibga kirishga harakat qiladi va niyatiga etadi ham. Yangi tarkib, yangi jamoa uchun har doim malum vaqt kerak bo'lishi tabiiy hol. 

Kimning tarkibi kuchliroq?

Hali chempionat boshlanib ulgurmagan bo'lsa ham "Milan" bazi ustunliklarga ega. Bundan ikki oycha avval ham "Yuventus" raqib "Milan"dan har bir chiziqda kuchliroq edi. Ammo bugunga kelib, amalga oshirilgan transferlardan so'ng, tarozi pallasining holati biroz o'zgargandek. Tabiiyki, bu hali jamoalar tarkibining yakuniy ko'rinishi emas. 

Asosiy tarkiblar:
"Yuventus" (4-2-3-1): Buffon – De SHilo, Kellini, Benatia, Aleks Sandro – Xedira, Pyanich – Duglas Kosta, Dibala, Mandjukich – Iguain.

"Milan" (4-2-3-1): Donnarumma – Konti, Bonuchchi, Romanoli, Rodriges – Bilya, Kessi –CHalxanoglu, Bonaventura, Suso – Andre Silva.


Darvozabonlar:  Buffon vs Donnarumma = durrang

Uzr, Djidji. Sen nafaqat bu yosh yigit bilan solishtirganda, balki futbol tarixidagi eng yaxshilardan birisan. Lekin alohida olingan bir mavsumda bolakay Donnarumma chempionlik bahsida keksa Buffondan qolishmasligi va muhim rol o'ynashi mumkin. Har ikki posbonning kuchini butun dunyo bilib bo'ldi va ular jamoalari uchun zarur paytda o'yinlarni yutib berishlari mumkin. 

Himoyachilar: 

De SHilo vs Konti = "Milan" ustunligi

Bu ikki himoyachi bahsida "Atalanta"da ajoyib mavsum o'tkazgan va azaldan "Milan" muxlisi bo'lgan Konti ustunroq chamamda. To'g'ri, De SHilo ham "Yuventus"da o'ziga kelishi va ikkinchi hayotini boshlashi mumkindir, lekin hozir unday emas. Aslida "Yuve" bu nuqtaga hali "Valensiya"dagi Kanseluni olib kelishi ham mumkin, biroq u endi boshqacha vaziyat bo'ladi. 

Benatia vs Bonuchchi = "Milan" ustunligi


"Yuventus"ning eng kuchli himoyachilaridan biri Bonuchchi "Milan"ga 42 million evroga tushganidan xabaringiz bor albatta. Va agar milanliklarning ishi yurishib biz Italiya chempionatida ham chinakamiga kurash guvohi bo'lsak, ko'pchilik aynan shu transferni hal qiluvchi deb atasa ne ajab. Bonuchchi o'zining sobiq jamoadoshlarining istalgani bilan raqobatlasha oladi va ustunlikka ham ega bo'ladi. SHunday ekan, Leoning qarshisida kim turishidan qatiy nazar natija o'zgarmaydi. 

Kellini vs Romanoli = "Yuventusa" ustunligi

To'g'ri, Romanoli yoshi kattaroq hamkasbi Kelliniga tenglasha olmaydi, ammo tan oling o'rtadagi farq unchalik katta emas. SHu o'rinda o'tayotgan har bir kun Djordjoga qarshi ishlayotganini qo'shib qo'ying. "Keksa senora"ning "qariyasi" yaqinda 33 yoshga to'ladi.

Aleks Sandro vs Rodriges = "Yuventus" ustunligi

Sandro – o'z nuqtasida dunyoning eng kuchlilaridan biri. Rodriges esa yaqin o'tmishda ham shu kabi nomga kurashayotganlar qatorida etirof etilardi. Balki uning keyingi pog'onaga o'tishi "Volfsburg"da qolib ketgani bilan bog'liqdir. Mana endi "Milan"da "perezagruzka"ni ko'rarmiz. Ammo hozircha "Yuve" g'olib, biroq yana milanliklar kurashsiz taslim bo'lishmayapti. 


Yarim himoya va hujum ortidagilar

Xedira vs Kessi = "Yuventus" ustunligi

Tajribali Jahon chempioni va faoliyatining eng yorqin yillari oldinda turgan afrikalik, siz kimni tanlardingiz? Mavsumoldi o'rtoqlik turnirlaridagi bir-ikkita o'yin bilan xulosa chiqarmang. To'g'ri Kessi "Bavariya"ga qarshi kuchli o'yin o'tkazdi, ammo... Tabiiyki, vaziyatga kengroq nazar solsak, tanlov Xedira foydasiga bo'ladi. Ammo Samining Frankdan kam emas, ko'p emas 10 yoshga kattaroq ekanligi va jarohatlar bilan yaqin "o'rtoqli"gi... Fikringiz o'zgarib qolmayaptimi?

Pyanich vs Bilya = "Yuventus" ustunligi

"Lacio"ning sobiq futbolchisi Italiya miqiyosida yuqori baholanadi, lekin Pyanichdan yuqoriroq emas. Miralem ham yoshroq, ham iqtidorliroq. Aks holda o'tgan yoz Turinga Pyanich emas Bilya ko'chib o'tarmidi. 

Duglas Kosta vs CHalxanoglu = durrang

Kosta yaxshiroq "avtoritet"ga ega. Axir u "Bavariya"da o'ynab ulgurgan. Ammo CHalxanoglu ham tekinga oftobga chiqadiganlardan emas. Germaniya Bundesligasidan kelgan mehmonlar borasida yakuniy qarorni chiqarishga hali biroz ertadek. Kim A seriyaga tezroq moslashib ketadi bunisini vaqt ko'rsatadi.

Dibala vs Bonaventura = "Yuventus" ustunligi


Bonaventura – kuchli futbolchi, lekin Dibala – dunyoning eng iqtidorli yoshlaridan biri. Mutaxassislar bekorga yaqin yillarda aynan Dibala "Oltin to'p"lar oladi demasa kerak. Axir argentinalikning kuchga to'lgan yillari Messi va Ronaldo "o'yindan chiqqan" yillarga to'g'ri keladi. 

Mandjukich vs Suso = "Yuventus ustunligi

Bu ikki futbolchi o'z jamoalarida bir xil nuqtada o'ynay olishsa ham ularni o'zaro solishtirish mushkul vazifa. Sababi o'yin uslubi tubdan farq qiladi. Mandjukichga ustunlik berganimizning sababi oddiy, u tajribaliroq va stabil o'yin namoyish etadi. Suso esa hozircha katta futboldagi o'rnini izlash bilan ovvora. O'sha stabillik va tajriba nisbatan kamroq "Milan" vakilida. 

Hujumchilar:

Iguain vs Andre Silva = "Yuventus" ustunligi


Kimga yoqadi, kimgadir yo'q, lekin Iguain yaxshi hujumchi ekanligini isbotlab bo'lgan. To'g'ri, uning "kollekciyasida" o'ta omadsiz o'yinlar ham kam emas, ammo umuman olganda u o'z ishining ustasi. Bo'lmasa "Yuve" uni katta pul evaziga sotib olmagan bo'lardi. Andre Silva esa nimalarga qodirligini endi keng ommaga namoyish etadi. 
Lekin ko'p chiziqlarda bo'lganidek, bu erda ham "Milan"ning o'ziga xos ustunligi mavjud. Axir yosh iqtidor sohibi ertaga o'sha Gonsalodan o'tib ketmaydi deb kim aytdi?

Yakuniy xulosani har kim o'zi uchun qabul qila qolsin. Hozirgi vaziyatda "Yuve" muxlislari hali xotirjam o'tirishlari mumkindek. Qayta tiklanayotgan "Milan" esa raqobatga dosh bera olsa va tarkibdagi yosh futbolchilarga kerakli sharoitlarni yaratib, ularni o'zida saqlab qola bilsa, yaqin yillar ichida biz "rossonerilar" ijrosida "shavqatsiz o'ch olish"ning guvohi bo'lamiz. "Keksa sinora"ning "keksa" futbolchilari o'zlarining eng kuchli yillarini o'tkazib bo'lishdi. Tarkibda 30 yosh atrofidagi va undan oshganlar anchani tashkil qiladi. "Milan"da esa hammayoq yoshlar: Donnarumma 18 yosh, Romanoli – 22 yosh, Kessi – 20, Andre Silva – 21, Konti, CHalxanoglu va Suso – 23 yoshdan. 

Bevosita yangi mavsumga to'xtalsak, haqiqatdan ham Pirlo aytganidek hozircha "Yuventus" gegemonligiga hech narsa rahna solmayapti, ammo "Milan" yaqin kelajak uchun kuchli jamoa tayyorlayotgani ham bor gap.


Omonjon To'xtamirzaev

Reyting: +24   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика