Zuma mushuklariga ozor bergani uchun jazolandi
08 fev 2022 08:20
Yangiliklar
Zuma mushuklariga ozor bergani uchun jazolandi
“Vest Xem” himoyachi Kurt Zuma bo'yicha bayonot berdi.
Bir kun avval ijtimoiy tarmoqda 27 yoshli futbolchi uyida ikki mushugini tepib, urgani aks etgan video tarqaldi.
“Ushbu videodagi o'yinchimizning harakatlarini keskin qoralaymiz. Kurt bilan gaplashdik va bu masalani hal qilamiz. Biroq shuni aytmoqchimizki, hayvonlarga qarshi har qanday zo'ravonlikni hech qachon qo'llab-quvvatlamaymiz”, deyiladi klub xabarida.
Zuma qilgan harakatidan pushaymonligi, mushuklarining holati yaxshiligi va boshqa buni takrorlamasligini aytib, uzr so'radi.
O’xshash yangiliklar
22:54
"Manchester Yunayted" 10 kishi bo'lib "Emireyts"da "Arsenal"ni Angliya kubogidan chiqarib yubordi 74
Fikrlar