So’nggi yangiliklar

19:57"Локомотив" Тожикистон жамоасидан енгилди  0 19:43"Эвертон" Кубога қизиқиб қолди  0 19:19Жака АПЛга қайтмоқда   1 18:54Мираброр Усмонов Кубоги-2025. Ўзбекистон U-23 терма жамоасининг Японияга қарши таркиби маълум  1 18:39Гвардиола "Барселона"га қайтадими?  4 18:13АПЛ топ-клублари "Ал Ҳилол" ҳужумчисига даъвогарлик қилмоқда  2 17:36"Тоттенхэм" ва "Барселона" "Арсенал" ҳужумчисига қизиқмоқда  3 17:08"Вест Хэм" "Манчестер Юнайтед"дан япониялик дарвозабонни илиб кетмоқчи  4 16:40Де Лигт: "Манчестер Юнайтед" учун ўтган мавсум ўтмишда қолди"  0 16:13"Реал" Винисиус Жуниорга ўринбосар топди – АПЛ юлдузи устувор вариант  4 15:45Breaking! "Ливерпуль" Исак билан келишувга эришди  18 15:22ЦСКА ҳимоячиси: "Туркия чемпионати Файзуллаев учун ЖЧ олдидан трамплин бўлади"  8 14:55Суперлига қайтмоқда! 16-тур ўйинларига ҳакамлар тайинланди  6 14:34Расман: Бахтиёр Зайнутдинов – "Динамо М" футболчиси  1 13:42Мбаппенинг клуби Лига 2 га қайтмоқчи  0

Zuma Mourinyu uni axlat to'la qop deb ataganini esladi Yangiliklar

Zuma Mourinyu uni axlat to'la qop deb ataganini esladi

"CHelsi" himoyachisi Kurt Zuma jamoaning sobiq bosh murabbiyi Joze Mourinyu bilan birga ishlagan damlarni yodga oldi.

Joze bugungi kunda "Tottenxem"ni boshqarmoqda.

"Bu qaysi o'yin ekanligini eslolmayman, lekin biz safarda 1:3 hisobida imkoniyatni boy bergandik. Keyingi kuni Mourinyu men bilan uchrashdi. U meni xonasiga olib bordi va mendan hammasi joyidami deb so'radi. Men "ha" dedim, u esa aminmisan deb so'radi. Men yana ijobiy javob berdim. Keyin esa u shunday dedi: "CHunki, sen dam olish kunlari (CHempionat o'yinlari asosan shanba va yakshanba kunlari o'tkaziladi) axlat to'la qop eding". Ha, u aynan shunday degan edi. Men hayron qoldim, lekin unga maydonda javob qaytarishni xohladim. Yodimda, o'sha gaplar menga tasir qilgandi. Lekin, men bunaqangi narsalarga reakciya qila olishimni ko'rsatishni juda ham xohlaganman.

Mourinyu yutishni yoqtirardi. U buning uchun barcha resurslarni ishga solardi. Men bu erga 19 yoshda kelganman va u meni tarkibga kiritgan. Men imkoniyatga ega bo'lganman va o'ynaganman. Boshqa nima deb o'ylashini bilmayman, hammaning o'z fikri bor. Lekin, shaxsan men Joze yosh futbolchilarga imkoniyat bermaydi degan gaplarga umuman qo'shilmayman", - deya Zumaning so'zlarini keltirdi "Goal.com" nashri.

Reyting: +12   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика